Anatomiya 2014. indd


Suvda eriydigan vitaminlar


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   422
Bog'liq
True

.
Suvda eriydigan vitaminlar
C vitamini – askorbin kislota organizmda hosil bo‘lmay, aso-
san tash qaridan o‘simlik oziqalar bilan kiradi. U limon, qora smo-
rodina, na’matak, karam, pomidor va boshqa o‘simliklarda ko‘p. 
Uglevod va oqsil moddalar almashinuvida, oksidlanish-tiklanish 
jarayonlarida ishtirok etadi. Organizmda C vitamini kamaygani-
da qonda glukoza, jigarda glikogen miqdori kamayadi, oqsillarning 
parchalanishi kuchayadi. C vitamini yetishmovchligida zangila 
(singa) kasalligi rivojlanadi. Uning belgilari umumiy bo‘shashish, 
tez charchash, yurak faoliyatini buzilishi, kapillyarlar devorining 
sinuvchanligi, teri osti va bo‘g‘imlarga qon quyilishiga olib keladi. 
Suyaklar va tishlar taroqqiyoti buziladi. Katta yoshli bemorlarda 
milklarning qonashi, tishlarning qimirlashi va tushishi kuzatiladi. 
Katta odamning C vitaminiga kundalik ehtiyoji 50–100 mg.
B guruh vitaminlari pivo achitqisi, jigar, cho‘chqa go‘shti, 
yong‘oq, tuxum sarig‘ida bo‘ladi. B guruh vitaminlari alohida B
1

B
2
, B
3,
B
6, 
B
12
va boshqalar shaklida uchraydi. Bu vitaminlarning 
har biri o‘ziga xos xususiyatga ega.
B
1
vitamini – tiamin uglevod, yog‘, oqsil moddalar almashi-
nuvi da ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. B
1
vitamini 
yetishmaganida sinapslarda qo‘zg‘aluvchanlikni o‘tkazishda me-
diator vazifasini bajaruv 
chi atsetilxolinni parchalanishi sekin-
lashadi. Gipo vitaminozda tez charchashlik, ishtaha yo‘qolib, tit-
rash belgilari paydo bo‘ladi. Og‘ir shakllarida (beri-beri kasal-
ligi) nervlarning degenratsiyasi, mushaklar atrofiyasi va parali-
chlarga olib keladi, yurak-qon tomirlar va oshqozon-ichak trak-
ti faoliyati buziladi. Katta yoshli odamning B
1
vitamini kundalik 
ehtiyoji 2–3 mg.
B
2
vitamini – riboflavin organizm hujayralarida bo‘lib, ok-
sidlanish-tiklanish jarayonlarida katalizator vazifasini o‘taydi. 
Riboflavin tabiat da keng tarqalgan bo‘lib, boshoqli va dukkakli 


324
o‘simliklar, jigar, buyrak, sut, tuxum va achitqida ko‘p. Bu vita-
min yetishmaganda modda almashinuvi buzilib, teri va ko‘zning 
shox pardasi o‘zgarib, og‘iz burchagida yoriqlar paydo bo‘ladi. 
Odamning B
2
vitaminiga kundalik ehtiyoji 2–3 mg.
B
3
vitamini – pantoten kislota yog‘ kislotalar, tireoid gormon-
lar, atsetilxolin va boshqa muhim moddalarning sintezi uchun za-
rur. Bu vitamin boshoqli va dukkakli o‘simliklar, jigar, tuxumda 
ko‘p bo‘ladi. Yetishmovchiligi nimjonlikka, bosh aylanishiga, nev-
ritlarga, teri va shilliq pardalar shikastlanishiga olib keladi. Panto-
tenga bir kunlik ehtiyoj 10 mg.
B
6
vitamini – piridoksin aminokislotalar almashinuvida ishti-
rok etadi. Piridoksin boshoqli va dukkakli o‘simliklar, go‘sht, buy-
rak, jigar va achitqida ko‘p bo‘ladi. Piridoksin yetishmovchiligi-
da ishtaha yo‘qoladi, ko‘ngil aynish, nimjonlik, teri va nervlar-
ning yallig‘lanishi kuzatiladi. Organizmning piridoksinga kundalik 
ehtiyoji 2–3 mg.
B
12 
vitamini – siankobalamin (antianemik faktor). Qon ish-
lab chiqarish faoliyatiga ta’sir qilib, kamqonlikni davolashda 
qo‘llanila di. Ko‘p miqdorda qora mol va jo‘jalar jigarida bo‘ladi. 
Organizmning B
12
vitaminiga kundalik talabi 2 mkg. Bu vitaminni 
so‘rilishi oshqozon shilliq pardasi ajratidigan gastromukoproteid 
(Kastlning ichki faktori)ga bog‘liq. Usiz B
12
vitamini so‘rilmaydi 
va yomon kam qonlik paydo bo‘ladi.
PP vitamini – nikotin kislota oksidlanish-tiklanish jara-
yonlarida katalizator fermentlar tarkibiga kiradi. U achitqi
yangi go‘sht va sab zavotlarda ko‘p bo‘ladi. Organizmning kun-
dalik ehtiyoji 15–20 mg. PP vitamining yetishmovchiligi pel-
lagra kasalligiga olib kelib, teri yallig‘lanishi, ich ketishi va ru-
hiyatni o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
B
c
vitamini – folat kislota nuklein kislotalar va aminokislota-
lar sin te ziga ta’sir qiladi. U xromosomalarda joylashib, hujayra-
larning ko‘payi shiga kerakli omil bo‘lib xizmat qiladi, qon ishlab 
chiqarish ni kuchaytiradi va boshqarib turadi. Bu vitamin karam, 
pomidor, sabzi, jigar, buyrak, go‘sht va tuxumda ko‘p bo‘ladi. 
Organizmning kundalik ehtiyoji 0,4 mg.
P vitamini kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi va sinuvchan-
ligini kamaytiradi. C vitaminining ta’sirini kuchaytirib, organi-
zmda to‘planishini qo‘llab turadi. P vitamining yetishmovchiligi-
da holsiz lik, oyoq larga og‘riq, qon quyilishi kuzatiladi. Bu vita-


325
minga organizmning kun dalik ehtiyoji 50 mg. P vitamini limon, 
grechka, qora smorodina va na’matakda ko‘p bo‘ladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling