Anatomiya 2014. indd
Yog‘da eriydigan vitaminlarga
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Yog‘da eriydigan vitaminlarga A, D, K va E vitaminlari kiradi.
A vitamini – rertinol hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, ba- liq moyi va treska jigarida ko‘p bo‘ladi. O‘simliklarda A provi- tamini – karotin uchraydi, u hayvon organizmida A vitaminga aylanadi. Bu vitaminga organizmning kundalik ehtiyoji 1,0–1,5 mg bo‘lib, unga talab yuqumli kasalliklar, ko‘zni faoliyati ku- chayganda oshadi. A vitamining yetishmovchiligining o‘ziga xos belgilari teri, ko‘z, hazm trakti va nafas yo‘llarining epiteliysi- ning kuchli shoxlanishi va ko‘chishining kuchayishidir. Ko‘z qu- rishi – kseroftalmiya rivojlanadi. Kasallikning zo‘rayishi shox pardaning nekroziga – keratomalyatsiyaga olib keladi. Bundan tashqari shabko‘rlik paydo bo‘lib, odam qorong‘ilikda ko‘ra olmaydi. Bunga sabab tarkibiga A vitamini kiradigan ko‘ruv purpurini sintezini buzilishidir. Ko‘ruv purpuri ko‘zning to‘r par- dasi retseptorlari tayoqchalar tarkibiga kirib oq-qorani ajratish uchun zarur. D vitamini – kalsiferol, D 2 – raxitga qarshi. Bu vitaminlar sigir moyi, tuxum sarig‘i, ayniqsa, baliq moyida juda ko‘p bo‘ladi. Kat ta odamning bu vitaminga kundalik ehtiyoji 0,025 mg, bolalar- niki 0,07 mg. O‘sim liklarda va odam terisida ergosterin modda- si bo‘lib, u quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida D vitamini- ga aylanadi. Bolalar organizmida D vitamining yetishmovchiligida kalsiy va fosfor almashinuvi buzilib, raxit kasalligiga olib keladi. Bunda suyak lar yum shab, tana og‘irligi ta’sirida qiyshayib qoladi, mushaklar esa bo‘shashib qoladi. K vitamini – filloxinon yoki antigemoragik vitamin protrom- bin va bosh qa qon ivituvchi omillarni sintezlashda ishtirok etadi. K vita mining yetish movchiligida jigarda protrombin ishlab chiqa- rish kama yishi sababli qon ivishi buziladi va hazm tizimi bo‘shlig‘i va teri ostiga qon quyilishiga olib keladi. K vitamini pomidor, ka- ram, ryabina mevasi va jigarda ko‘p bo‘ladi. Organizmning K vi- taminiga kundalik ehtiyoji 1–2 mg. K vitaminini so‘rilishi uchun o‘t kerak bo‘ladi. E vitamini – tokoferrol ko‘p miqdorda petrushka, pomidor, o‘sim lik moyi, jo‘xori va arpa unida bo‘ladi. Organizmning E vita- miniga kundalik ehtiyoji 10–12 mg. Bu vitamin ko‘payish faoliya- tini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. E vitamining yetishmaga- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling