Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   422
Bog'liq
True

145-rasm. Doimiy isit-
ma. Haroratning kes-
kin pasayishi.
Krupoz pnevmoniyada.
146-rasm. Intermitirk 
isitma.


322
lida, zotiljamda kuzatiladi. Ertalabki harorat bilan kechki harorat-
ning farqi 3–4° tashkil qiladi.
3) intermitirik isitmada – isitmasiz davr bilan isitmali davr al-
mashib turadi. Bezgak, sil kasalliklarida uchraydi.
4) qaytalanuvchi isitmada harorat 5–8 kun saqlanib, mo‘tadil 
holat bilan almashib turadi. Bunday qaytalanuvchi isitma terlama-
da uchraydi.
Subfebril isitma haroratning bir daraja ko‘tarilishi uzoq muddat 
davom etadi, sil va surunkali yallig‘lanishlarda uchraydi.
Isitmada ichki a’zolar faoliyati buziladi. Nafas tezlashadi
moddalar almashinuvi kuchayadi, yurak urishi tezlashadi – taxi-
kardiya, arterial bosim avval ko‘tariladi, keyin esa pasayadi. Asab 
tizimida – bosh aylanishi, og‘rishi, qayt qilish, gallutsinatsiyalar, 
alaxsirash, hushdan ketish kuzatiladi. Hazm tizimida – shiralar 
kamayishi natijasida ishtaha pasayadi, til karash bog‘laydi, quriy-
di, ovqat hazm bo‘lishi buziladi, ich qotadi yoki ketib qoladi, gaz 
to‘planadi – meteorizm paydo bo‘ladi. Siydik ajralishi – kasallik 
boshida ko‘payadi, keyin esa kamayadi. Bemor davolanib, isitmasi 
tushgandan keyin a’zolar faoliyati tiklanadi.
VITAMINLAR
Asosiy oziqa moddalar va mineral tuzlarga ega ovqat ratsio-
nining to‘laqonli bo‘lishi uchun vitaminlar (lotincha «vita» – 
«hayot») ham kerak bo‘ladi. Vitaminlar ikki guruhga: suvda eruy-
digan (B guruhi, C, PP, P vitaminlari) va yog‘da eriydigan (A, D, 
K, E vitaminlari). 
Vitaminlarni asosan o‘simliklar sintezlaydi. Hayvonlar o‘sim-
liklar bilan oziqlanib, vitaminlarni o‘z to‘qima va a’zolarida 
to‘playdi. Odam uchun vitaminlar manbayi bo‘lib o‘simlik va 
hayvon mahsulotlari hisob lanadi. B guruh, K va H vitaminla-
ri yo‘g‘on ichak mikroflorasi tomonidan sintez qilinadi, shuning 
uchun ichak mikroflorasini o‘ldiruvchi antibiotik va sulfanilamid 
preparatlar bilan davolangan vaqtda vitaminlar berish zarurdir. 
Vitaminlarning ko‘pchiligi fermentlar tarkibiga kirgani uchun 
organizmdagi modda almashinuvi jarayonlari katalizida ishtirok 
etadi. Organizmning vitaminlarga ehtiyoji milligramlarda bo‘la-
di va ular yetishmaganda modda almashinuvi sezilarli o‘zgaradi. 
Organizmda vitaminlarni kamayishi gipovitaminozga, yetishmov-


323
chiligi avitaminozga olib keladi. Bunda vitamin yetishmovchiligi-
ga xos bo‘lgan kasallik alomatlari namoyon bo‘ladi. Gipo- va avi-
taminoz vitaminlar ichakda yetarli miqdorda so‘rilmaganda ham 
paydo bo‘ladi. Vitaminlarga ehtiyoj organizmning tez o‘sishi, ho-
miladorlik davrida ancha ortadi. Bu holat kerak vitamin y oki un-
ga boy mahsulot qabul qilinganda tezda yo‘qolib ketadi

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling