Anatomiya 2014. indd
Gigantizm va akromegaliya
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epifiz Epifiz
Gigantizm va akromegaliya. Bola organizmida o‘sish gormo-
ni ko‘p ishlab chiqarilsa, bo‘ydorlik kuzatiladi. Bunda erkaklar- 333 ning bo‘yi 200 sm, ayollarniki 190 sm dan oshadi. Gipofizar gi- gantizmda odamning boshi, tanasi va oyoq-qo‘llari nisbati buzil- magan holda kattalashadi. Skelet mushaklari, ichki a’zolar ham ko‘pincha, yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Organizm o‘sish davri 30 yoshgacha boradi. Kattalarda gipofiz ko‘p miqdorda o‘sish gormoni ishlab chi- qarsa, akromegaliya xastaligi ro‘y beradi. Bunda suyaklar va yumshoq to‘qimalar qalinlashadi, odamning burni, lablari, jag‘i, oyoq-qo‘llari kattalashadi. Gipofizar novchalarda va akrome- galiya bilan og‘rigan odamlarda boshqa ichki sekretsiya bezlari faoliyati ham buziladi: jinsiy bezlar faoliyati sustlashadi, insulin kam miqdorda ishlab chiqarilishi oqibatida qandli diabet belgila- ri paydo bo‘ladi. Epifiz Epifiz yoki g‘urrasimon bez (glandula pinealis) cho‘zinchoq yoki sharsimon shakllarda uchraydi. U oraliq miyaning epitala- musi tarkibiga kirib, to‘rt tepalikning ustki tepachalari o‘rtasida yotadi. Uning og‘irligi katta odamlarda 0,2 g, uzunligi 8–15 mm bo‘ladi. Tashqi tomondan biriktiruv chi to‘qimali g‘ilof bilan o‘ral- gan bo‘lib, undan g‘urrasimon bez ichiga trabekulalar kirib, bez- ni bo‘laklarga bo‘ladi. Bez parenximasi tarkibini ko‘p sonli ixtisos- lashgan bez hujayralari – pinealositlar va kamroq glial hujayrala- ri hosil qiladi. Uning hujayralari balog‘at davrigacha gipofiz fao- liyatini tormozlovchi va modda almashuvini boshqarishda ishtirok etadigan modda ishlab chiqaradi. Hozirgi vaqtda epifizda ikki xil modda – serotonin va mela- tonin hosil bo‘lishi aniqlangan. Serotonin arteriyalarni torayti- rib, mediator vazifasini bajaradi. Melatonin esa jinsiy bezlar ta- roqqiyoti uchun fiziologik tormoz vazifasini bajaradi. Epifizning buzilishi bolalarda erta jinsiy balog‘atga yetishga olib keladi. Ichki sekretsiya bezlarining gormonlari hosil bo‘lishi va ajra- lishi murakkab neyrogumoral yo‘l bilan boshqariladi. Gormonal tekislikni saq lashda oraliq miyaning gipotalamik qismi asosiy rol- ni o‘ynaydi. Gipotalamus va gipofiz gipotalamo-gipofizar tizim deb atalgan funksional maj mua hosil qiladi. U organizmning bar- cha vegitativ faoliyatlarini boshqarish va organizmning ichki mu- hitini – gomeostazni saq lab turishda ahamiyatga ega. 334 Gipotalamus endokrin bezlarga pastga tushuvchi nerv yo‘llari, yoki gipofiz (gumoral yo‘l) orqali ta’sir qiladi. Gipotalamusning neyrosekretor hujayralarida neyrogormonlar oksitotsin va vaso- pressin, shuningdek, rilizing omillar deb ataluvchi alohida gor- monlar hosil bo‘ladi. Bunday moddalarning hosil bo‘lishi ney- rosekretsiya deb ataladi. Adenogipofizda qon aylanishning xusu- siyatlariga bog‘liq ravish da rilizing omillar portal tomirlar orqa- li qon bilan gipofizning oldingi bo‘lagiga kiradi va uning hujay- ralarini yuvib qalqonsimon, jinsiy, buyrak usti bezlari faoliyati- ni boshqaruvchi trop gormonlar hosil bo‘lishini kuchaytiradi y oki pasaytiradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling