Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   422
Bog'liq
True

Gipofiz patologiyasi
Gipofizar nanizm. Organizmning o‘sishiga gipofizning o‘sish 
gormonidan tashqari qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy 


332
bezlar gormonlari ham ma’lum bir ta’sir qo‘rsatadi. O‘sish gor-
monining yetishmov chiligida gipofizar pakanalik ro‘y beradi. Bu 
holat homila yoki bolalikning erta davridan boshlanib, o‘sishni 
keskin ravish da to‘xtab qolishga olib keladi. Bu kasallikda odam-
ning bo‘yi past bo‘lsa ham gavda qismlari nisbati saqlanib qola-
di, qo‘l-oyoq panjalari kichkina, barmoqlari ingichka bo‘ladi.
Jinsiy a’zolari rivojlanmaydi, gipofizar nanizmga duchor er-
kaklar jinsiy zaif bo‘ladi. Ayollar esa homilador bo‘lmaydi. Ba’zi 
pakanalar qonida O‘G miqdori odatdagidan ko‘p bo‘ladi. Ular-
ning yaxshi o‘smasligi sababi somatomedinlar yetishmovchiligi-
ga bog‘liq. Batafsil o‘rganilgan somatomedin – C 63 aminokislo-
ta qoldig‘idan tuzilgan peptid. U asosan jigarda sintezlanadi. So-
matomedin faqat tog‘ay va suyak to‘qimalari o‘sishini emas, balki 
boshqa to‘qimalarda ham hujayralarning mitotik bo‘linishini tez-
lashtiradi. Bo‘yi erkaklarda 130 sm dan, ayollarda – 120 sm dan 
past bo‘lsa, mittilik to‘g‘risida gap yuritish mumkin. Dunyodagi 
eng pakana odamning bo‘yi 48 sm bo‘lgan.
Kattalarda bezni gipofunksiyasida gipofizar semirish yoki gipo-
fizar ozish uchraydi.
Qandsiz diabet. Bu kasallikni sabablari gipofizni orqa bo‘la-
gidan antidiuretik gormonini kam ajralishi. Bunda holsizlanish, 
chanqash, siydik ajralishini ko‘payishi kuzatiladi. Odam bir sut-
kada 10–15 litrgacha siyadi. Terisi quruq, ozg‘in, bolalarni bo‘yi 
past, jinsiy rivojlanishi orqada qoladi.
Itsenko–Kushing sindromi. Gipotalamus o‘zaklari tomo-
nidan AKTG gormonning ko‘p hosil bo‘lishi natijasida paydo 
bo‘ladi. Buyrak usti bezi po‘stloq qismi giperplaziyaga uchray-
di. Sindromda yuzining oy si mon qizg‘imtir bo‘lishi, nopropor-
sional semirish, ya’ni tananing yuqori qismi semirib, pastki qis-
mi ozishi, qorin, sonning ichki yuzasi, yelkada «striya» chiziqlari 
hosil bo‘lishi xarakterli bo‘ladi. Yana suyaklarda osteoparoz bos-
hlanadi: qovurg‘a, umurtqa suyaklarining o‘zidan o‘zi sinishi na-
moyon bo‘ladi. Qon bosimi oshadi, qon aylanishi buziladi. Shu-
ningdek, retinopatiya, yurak yetishmovchiligi, buyraklar buzilishi 
kuzatiladi. Qandli diabetga moyillik oshadi, immunitet pasayadi.
Ayollarda erkaklik belgilar paydo bo‘ladi, ya’ni soch-soqol lar 
o‘sadi, menstruatsiya to‘xtab, ayol bepusht bo‘lib qoladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling