Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qalqonsimon bez Qalqonsimon bez
- 147-rasm. Qalqonsimon bez. Old tomondan ko‘rinishi
ENDOKRIN BEZLAR
Chiqaruv nayi bo‘lmay, ishlab chiqargan suyuqligi bevosita qonga yoki limfaga quyiladigan bezlar endokrin bezlar deb atala- di. Endokrin bezlarning faol moddalar ishlab chiqarish va ajratish jarayoni ichki sekretsiya, ularning ishlab chiqargan moddasi gor- monlar deyiladi. Gormonlar biologik faol modda bo‘lib, juda oz miqdorda ham organizm faoliyatiga ma’lum bir ta’sir ko‘rsatadi. Gormonlar tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lib, moddalar almashinuvini, organizmning taroqqiyoti, o‘sishini boshqarib tu- radi. Ular organizmda biokimyoviy jarayonlarni boshqaruvchi hi- soblanadi. Organizmning o‘sishi, yashashi va taroqqiyotini ta’min- lash uchun qonda ma’lum miqdorda gormon bo‘lishi kerak. Agar gormonlar ko‘p ishlab chiqarilsa – giperfunksiya, agar ular yetish- masa – gipofunksiya deyiladi. Agar gormonlar kam yoki ko‘p ish- lab chiqarilsa, organizmda turli xil kasalliklar kelib chiqadi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi, buyrak usti bezi, oshqozon osti bezining Langengars orolchalari, erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining ichki sekretsiya qismi kiradi. Qalqonsimon bez Qalqonsimon bez (glandula thyroidea) toq a’zo bo‘lib, ichki sekretsiya bezlari ichida eng kattasidir (147-rasm). U bo‘yinning oldingi sohasida hiqildoqning qalqonsimon tog‘ayi bilan kekir- dakning yuqorigi III–IV tog‘ay halqalari oldida joylashgan. Qalqonsimon bez ikki: o‘ng va chap bo‘lakdan iborat. Bo‘laklari o‘zaro tor qalqon- simon bezning bo‘g‘izi vositasida qo‘shilgan. 147-rasm. Qalqonsimon bez. Old tomondan ko‘rinishi: 1–qalqonsimon tog‘ay; 2–piramidasimon bo‘lak; 3–qalqonsimon bezning chap bo‘lagi; 4–qalqonsimon bezning bo‘g‘zi; 5–kekirdak; 6–qalqonsimon bezning o‘ng bo‘lagi. 327 30 % holatda uning bo‘ g‘izidan yuqoriga qarab piramidasimon bo‘lak joylashadi. Qalqonsimon bezning ko‘ndalang o‘lchami katta yoshdagi odamlarda 50–60 mm, uning bo‘laklarining ba- landligi 50 mm atrofida bo‘ladi. Qalqonsimon bez bo‘laklarining orqa-yon yuzasi halqumninig hiqildoq qismi va qizilo‘ngach ning boshlang‘ich qismiga tegib turadi. Uning bo‘g‘zining balandligi 5–15 mm, qalinli gi 6–8 mm bo‘lib, kekirdakning II–III to g‘ay halqalari sohasida joylashadi. Bezning og‘irligi 30–50 g. Qalqon simon bezning og‘irligi ayol- larda erkaklarga nisbatan katta bo‘lib, u tashqi tomondan hiqildoq va kekirdakka birikkan fibroz g‘ilof bilan o‘ralgan. Undan bez ichiga trabekulalar kirib, bezni bo‘laklarga ajratadi. Bez bo‘lakla- rining ichi qalqon simon bezning tarkibiy-vazifaviy birligi-folliku- lalardan iborat. Follikulalarning devori bir qavatli epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, o‘lchamlari 25 dan 300–500 mkm gacha. Uning bo‘shlig‘ida epiteliy hujayralari ishlab chiqargan quyuq oqsillar- ga boy kolloid modda bo‘ladi. Uning tarkibidagi yod miqdori qon plazmasidagidan 300 marta ko‘p. Mo‘tadil holatda qalqonsimon bez 80 % tiroksin va 20 % triyodo tironin ishlab chiqaradi. Har kuni uning gormonlari tarki- bida 0,3 mg gacha yod ajratiladi. Qalqonsimon bez gormonlarining ta’siri ko‘p qirrali. Ular or- ganizm dagi asosiy modda almashinuviga ta’sir qilib issiqlik al- mashinuvini, oqsil, yog‘, uglevodlar sarflanishini kuchaytiradi. Kaliy va suv ni organizm dan chiqishini, organizmning o‘sishini boshqaradi, buyrak usti, jinsiy, sut bezlari va markaziy nerv tizi- mi faoliyatini kuchaytiradi. Qalqonsimon bezning follikulalararo epiteliyi hujayralari tar- kibida yod bo‘lmagan gormon – kalsitoninni ishlab chiqaradi. U qondagi kalsiy miqdorini kamaytirib, uni suyaklarda to‘planishi- ni ta’minlaydi va paratireoidinga antogonist bo‘ladi. Bu gormon, shuningdek, hazm bezlari faoliyatini pasaytiradi. Qalqonsimon bez gormonlari bolaning o‘sishida, jismoniy va psixik taroqqiyotida ma’lum ahamiyatga ega. Bez gipofunksiya- si – gipotireoz da bolalar o‘sishi, jinsiy taroqqiyoti to‘xtaydi, tana qismlarining proporsiyasi buziladi, aqliy rivojlanish orqada qo- lishi kreti nizm xastaligigacha olib boradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling