Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy bezlarning endokrin qismi
angiopatiya,
nerv tizimida – neyropatiya va boshqa a’zolarda ham o‘zgarish- lar kuzatiladi. Kasallikda bemor ko‘p suv ichadi – polidipsiya, ko‘p ovqat yeydi – polifagiya va ko‘p siyadi – poliuriya. Bun- dan tashqari teridagi yaralar uzoq tuzalmaydi. Be mor bo‘shashib, ozib ketadi, og‘zi quriydi. Asta-sekin ichki a’zolarda o‘zgarishlar 337 paydo bo‘ladi: jigarda gepatoz, buyraklarda pielonefrit, oshqo- zon osti bezida pankreatit, ko‘z gavharining kataraktasi, yurakda infarkt, suyaklarda gangrena, miyada insult va boshqalar bo‘lishi mumkun. Qandli diabet 2 xil: 1-insulinga ehtiyojli; 2-insulinga ehtiyoj- siz shakllarda uchraydi. 1-turi yoshlarda uchraydi. 2-turi 40–45 yosh dan boshlanadi. Jinsiy bezlarning endokrin qismi Erkaklarda moyak, ayollarda tuxumdon jinsiy hujayralar- dan tash qari, qonga jinsiy gormonlar ham ishlab chiqaradi. Bu gormon lar ta’sirida ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo‘ladi. Moyakning endokrin qismi buralma urug‘ naychalarining o‘rta- sidagi qon va limfa kapillyarlari yonidagi interstitsial to‘qimada joylashgan o‘ziga xos Leydig hujayralaridan iborat. Bu hujayra- lar erkaklar jinsiy gormo ni – testosteron ishlab chiqaradi. Bun- dan tashqari kamroq ta’sir kuchiga ega gormonal moddalar va oz miq dorda ayollar jinsiy gormoni estrogen ishlab chiqariladi. An- drogenlar jigar, buyrak va ayniqsa, mu shaklarda oqsil moddalar sintezini kuchaytiradi va oliy nerv faoliyatiga ta’sir qiladi. Erkaklarning jinsiy gormoni-androgenlarni homila davrida o‘sa yot gan moyaklar ishlab chiqaradi. Ular erkaklar ichki va tash- qi jinsiy a’zolarining takomillashuvini ta’minlab, ayollar jinsiy naylarining o‘sishini to‘xtatadi. Ayollar jinsiy bezlari follikulalarining donador qavati va tu- xum don interstitsial to‘qimasi hujayralari estrogen gormonlar va oz miq dorda testosteron ishlab chiqaradi. Sariq tana esa proges- teron ishlab chiqaradi. Ayollarning jinsiy gormonlari, asosan, qiz bola balog‘atga yetganidan keyin ishlab chiqarila boshlaydi. Estrogenlar ayollar organizmi jinsiy a’zolarining taroqqiyoti va o‘si shiga, progesteron sut bezlari rivojlanishi va homila taroqqiyo- tiga ta’sir qiladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling