Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   422
Bog'liq
True

QON KASALLIKLARI
Anemiya (kamqonlik) bu – qonda eritrositlar va ularda gemo-
glabinning miqdori kamaygan holat. Anemiyaning birnecha turi 
mav jud. Kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi anemiyalar tafovut qili-
nadi:
1. Qon yo‘qotish oqibatida yuzaga keladigan anemiya – postge-
morragik anemiya; 
2. Eritrositlar parchalanishining kuchayishidan yuzaga keladi-
gan anemiya – gemolitik anemiya
3. Qon hosil bo‘lishining kamayishi natijasida yuzaga keladigan 
anemiya;
4. Ko‘mik qizil nishning o‘sib yetilgan oq nish bilan siqib chiqa-
rilishi natijasida keladigan anemiya;
5. Aralash turdagi anemiyalar ham uchrashi mumkin; 
Addison–Birmer nomi bilan yuritiluvchi anemiya ham mav-
juddir. Ilgari bu anemiya pernisioz anemiya nomi bilan yuritilgan 
va uni davolab bo‘lmaydi deb o‘ylashgan. Ammo kasal faktorning 
mohiyati aniqlangach, ushbu anemiya bilan og‘rigan bemorlarning 
davolash usullari topildi. Addison–Birmer kasalligida eritrositlar 
soni ba’zida – 1 000 000 va undan ham kam bo‘ladi. Gemoglabin 
miqdori esa unchalik kamaymaydi, hatto eritrositlarda ko‘payadi. 
Shuning uchun ham rangli ko‘rsatkich, odatda, 1 dan ortiq bo‘ladi 
va bu anemiyani giperxrom anemiyalar qatoriga kiritadilar.
Qon surtmalarida eritrositlarning o‘zgarishlaridan tashqari 
yetilmagan yadro tutuvchi eritrositlar – megaloblastlar ko‘rina-
di. Qonda leykositlarning umumiy soni kamayadi. Addison–Bir-
mer anemiyasida qon go‘yo suv bilan suyultirilgan ko‘rinishga ega 
bo‘ladi.
Oq qon tanachalarining patologiyasi
Leykositoz. Qonda leykositlar sonining ko‘payib ketishi 
leykosi toz deb ataladi. Oq qon tanachalarining soni uncha katta 
bo‘lmagan ko‘pa yishi yoki kamayishi doimo kuzatiladi: leykosit-
lar soni ovqat qabul qilingandan so‘ng, jismoniy mehnatda, ho-
miladorlikda ko‘payadi. Bu leykositoz patologiyasi deb hisoblan-
maydi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling