Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
151-rasm. Vena klapanlari.
1–vena devori; 2–vena klapanlari; 3–oqimlarning quyish teshigi. 353 ochiq bo‘lib, kalla bo‘shlig‘idan qon ni har qanday holatda ham qarshiliksiz oqishini ta’minlab beradi. Joylashishiga qarab, yuza va chuqur venalar tafovut qilina- di. Y uza (teri osti) venalari teri osti nervlari bilan birga yo‘nal- sa, chuqur ve nalar o‘z nomidagi arteriyani juft bo‘lib, kuzatadi va yo‘ldosh venalar deb ataladi. Ko‘pincha, qo‘shni venalar o‘zaro ko‘p sonli anas tomoz lar vositasida qo‘shiladi. Ichi bo‘shliqli, ha- jmi o‘zgaruvchan a’zolar (siydik qopi, to‘g‘ri ichak) yuzasida yo- ki devorida vena chigallari hosil qiladi. Tana venalari ko‘p sonli anastomozlar vositasida o‘zaro bog‘lanadi. Anastomozlar tizimlararo va tizim ichi guruhlariga bo‘lina- di. Tizimlararo anastomozlar vositasida yuqori va pastki kavak hamda darvoza vena tizimlari o‘zaro bog‘lansa, tizim ichi anasto- mozlari vosi tasida ayrim tizim venalari o‘zaro bog‘lanadi. Tizim- lararo anasto mozlar ikki guruhga: 1) yuqori va pastki kavak vena oqim lari o‘rtasidagi kava-kaval; 2) yuqori, pastki kavak va darvo- za vena oqimlari o‘rtasidagi porta-kaval anastomozlarga bo‘lina- di. Porta-kaval anastomozlar qorin bo‘shlig‘ining turli tomonla- rida joylashadi. Venalar arteriyalardan ma’lum bir xususiyatlari bilan farqlanadi: 1. Arteriyalar tekis silindr shaklida bo‘lib, venalarning tash- qi ko‘ rinishi tekis bo‘lmaydi, ular goho kengayib, goho toraygan bo‘ladi. Kesmada arteriya yumaloq, vena esa yassi ko‘rinadi. 2. Venalarning soni arteriyadan ko‘p, chunki o‘rta va kichik o‘l chamli arteriyalar ikkita yo‘ldosh vena bilan birga yuradi. Ko‘p so halarda (kichik chanoq bo‘shlig‘i, umurtqa kanali ichida) vena- lar yaxshi rivojlangan chigallar hosil qiladi. Shuning uchun vena- larning umumiy hajmi arteriyalardan ikki marta katta. Venalarning yo‘nalishi arteriyalarga o‘x shab tekis bo‘lmay egri-bugridir. 3. Arteriyalardan farqli qo‘l va oyoq venalari ikki guruhga: chu- qur va yuza venalarga bo‘linadi. Chuqur venalar arteriyalar bilan bir- ga joylashsa, yuza venalar teri osti nervlari bilan birga joylashadi. Venalarning devori yupqa va elastikligi kam bo‘lgani uchun, ular oson cho‘ziladi va siqiladi. Tana vertikal holatda turganida, qonni yurakka qaytishida, uning og‘irlik kuchi qarshilik qiladi, shu- ning uchun venalarda qon oqishi biroz qiyinlashadi. Yurak va arte- riyalar qisqarishida hosil bo‘lgan kuch qonni kapillyarlardan o‘tka- zish vaqtida kamayib ketadi. Shu sababli vena qon tomirlaridan qon oqishi ayrim yordamchi moslamalar ta’siri ostida bo‘ladi. 354 1. Oyoq va tananing pastki venalarida joylashgan vena kla- panlari qonni yurakka qarab o‘tkazib, uni orqaga qarab oqishiga to‘sqinlik qiladi. 2. Nafas olish jarayonida ko‘krak qafasida hosil bo‘lgan man- fiy bosim, yirik venalarga qon oqishini ta’minlaydi. 3. Periferik venalarda qon oqishida skelet mushaklarining qis- qarishi katta ahamiyatga ega. Mushaklar qisqarganida venalarni siqadi va ulardagi qonni markazga qarab yo‘naltiradi. Bo‘shash- gan davrda esa vena devorlari kengayib qonni mayda venalardan so‘radi. Shuning uchun harakat vena oqimini yaxshilaydi, uzoq vaqt harakatsiz turib qolganda esa venalarda qon to‘planib, ular kengayib qoladi. 4. Qo‘l va oyoq bo‘g‘imlarining bukilgan sohalarida fassiya- lar venalarga birikkan bo‘ladi. Ular taranglashgan vaqtda venalarni kengaytiradi, bo‘shashganda esa tomirlarni siqib, qonni yurakka qa- rab yo‘naltiradi. Yurak Yurak (cor) mushakdan tuzilgan (152-rasm) qonni arteriya- larga haydab, venalardan qabul qiluvchi, qon aylanish tizimining markaziy a’zosi. U ko‘krak qafasida pastki ko‘ks oralig‘ining o‘rta qismida joylashib, konussimon shaklga ega. Yurakning bo‘ylama o‘qi qiyshiq bo‘lib, orqadan oldinga, yuqoridan pastga va o‘ngdan chapga yo‘nalgan bo‘ladi. Uning toraygan uchi Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling