Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   422
Bog'liq
True

Qon guruhlarini aniqlash. Qon guruhlari ma’lum agglyutininlar 
saq lovchi standart sivorotkalar yordamida aniqlanadi. Likopchaga 
bir tomchidan (aralashtirmasdan!) tarkibida tegishli agglyutininlar 
α
va 
β

β

α
bo‘lgan I, II va III guruh qonning standart sivorotkasi 
tomiziladi. Ularga tayoqcha bilan bir tomchidan tekshirilayotgan 
qon tomiziladi. Sivorotkada agglyutinatsiya – eritrositlarning bir-
biriga yopi shib qolishi ro‘y berishi eritrositlarda bir nomdagi ag-
glyutenogen borligini ko‘rsatadi. Masalan: agar agglyutinatsiya 
β
agglyutinin saq lovchi II guruh qon sivorotkasida bo‘lsa, tekshiri-
layotgan qon eritrositlarida agglyutenogen B bo‘lib, agglyutinogen 
A bo‘lmaydi. III guruh qoni ham shunday xususiyatga ega. 
Qon guruhlarini ikkita: II va III guruh sivorotkalari bilan 
aniq lash mumkin; I guruh sivorotkasi nazorat uchun olinadi. 
Qon ning guruh xususiyatlari nasldan naslga o‘tadi va umr bo‘yi 
o‘zgar maydi. Eng yaxshi natija bir xil guruh qonni quyilganda 
bo‘ladi.
Rezus-faktorni albuminli ekspress usul bilan aniqlash uchun 
standart antirezus sivorotkadan foydalaniladi. Bu sivorotka qonda-
gi antirezus-antitela rezus musbat qonni qayta quyish yoki homi-
ladorlik bilan chaqirilgan rezus-manfiy odamlar qonidan tayyor-
lanadi.
Likopchaga bir tomchidan standart va nazorat sivorotkalar joy-
lashtiriladi. Nazorat uchun albumin bilan suyultirilgan, tarkibida 
rezus-antitela bo‘lmagan AB (IV) guruh qoni sivoratkasi olinadi. 
Sivorotkalarga barmoqdan olingan qon qo‘shiladi va aralashtirila-
di. So‘ngra likopchani 3–4 daqiqa chayqatiladi va bir tomchi nat-
riy xloridning izotonik eritmasidan qo‘shiladi. Sivorotkada agglyu-
tinatsiya bo‘lsa – qon rezus-musbat (Rh
+
), agglyutinatsiya bo‘l-
masa – rezus-manfiy (Rh

) qon bo‘ladi.


346

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling