Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   422
Bog'liq
True

Gemoglabin. Eritrositlar tarkibiga qon pigmenti gemogla-
bin kiradi. Gemoglabin globin oqsili va tarkibida temir moddasi 
bo‘lgan oqsilsiz birikma – gemdan iborat. Mo‘tadil holatda, qon-
da 140 g/l (14 g %) yaqin gemoglabin bo‘ladi. Erkaklarda 130–
155 g/l (13,0–15,5 g %), ayollarda 120–138 g/l (12–13,8 g %). 
Gemoglabinning asosiy vazifasi О

va СО
2
ni tashish hamda qon-
ning doimiy reaksiyasini saqlab turishda qatnashuv chi asosiy bu-
ferdir.
Leykositlar. Leykositlar eritrositlardan yadrosi borligi va fa-
ol amyo basimon harakat qilish qobiliyati bilan farq qiladi. Ular 
qon tarkibidan chiqishi va orqaga qaytishi mumkin. Leykosit-
larning miq dori 1 mkl qonda 6000–8000. Bu miqdor sutka da-
vomida juda o‘z garib turadi. Leykositlar ertalab och qoringa 
kam bo‘lib, ovqatlangandan keyin, jismoniy ish bajarganda va 
kuch li hayajonlanganda, ularning miqdori ko‘payadi. Leykosit-
lat kattaligi, yadrosi shakli, sitoplazmasi xususiyati va faoliyati-
ga qarab turlicha bo‘ladi. Ularning diametri 6 dan 25 mkm ga-
cha. Leykositlarning besh turi: eozinofillar (1–4 %), bazofillar 
(0–0,5 %), neytrofillar (60–70 %), limfositlar (25–30 %) va 
monositlar (6–8 %) tafovut qilinadi. Sitoplazmasida donacha-
larning bo‘lishiga qarab leykositlar donachali (granulositlar) va 
donachasizlarga (aganulositlar) bo‘linadi. Donachalilarga ney-
trofillar, eozinofillar va bazofillar kirib, ularning sitoplazmasi-
da turli bo‘yovchilar bilan bo‘yaladigan ko‘p sonli donachalari 
bo‘ladi. Donachalarda yot moddalarning hujayra ichi h azm ja-
rayoni uchun zarur fermentlar bor. Granulositlarning yad rosi 
o‘zaro ipchalar bilan birikkan 2–5 qism ga bo‘lingani uchun seg-
menyadroli leykositlar deyiladi. Neytrofillarning tayoqsimon 
shakldagi yadroli yosh shakllari tayoqcha yad roli, yadrochasi 
oval shakldagisi esa o‘smir deyiladi.
Аgranulositlarga limfosit va monositlar kiradi. Limfositlar 
leykositlarning eng kichigi bo‘lib, ingichka halqa shaklidagi si-
toplazma bilan o‘ralgan katta yumaloq yadrosi bo‘ladi. Eng kat-
ta agranulosit-monositlar loviyasimon yoki oval shaklidagi yadro-
ga ega.


341

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling