Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonning shaklli elementlari.
Qon plazmasi. Organizmda hayot рН 7,0 dan 7,8 gacha
bo‘lgan sharoitda bo‘ladi. Qon plazmasi murakkab aralashma bo‘lib kuchsiz ishqoriy reaksiyaga (рН 7,36) ega. Plazmaning asosiy tarkibiy qismi suv (90–92 %), oqsil (7–8 %), glukoza (0,1 %) va tuzlar (0,9 %)dan iborat. Plazma oqsillari globulinlar (alfa, beta va gamma), albumin- lar va (lipoproteinlarga) bo‘linadi. Oqsillar tarkibida albuminlar 4,5 %, glo bulinlar 2–3,5 % va fibrinogen 0,2–0,4 % bo‘ladi. Oq- sillar qon da ma’lum ahamiyatga ega: 1) fibrinogen qonni ivish ja- rayonida qatna shadi; 2) gamma-globulin immunitetni ta’minlov- chi antite lani saq laydi; 3) qon oqsillari qon tomirlarda qon bo- simini saqlab turishda ahamiyatga ega bo‘lgan qonning yopish- qoqligini oshiradi; 4) katta molekulyar og‘irlikka ega oqsillar ka- pillyarlar devoridan o‘tmay, qon tomirlar tizimida ma’lum miq- dorda suyuqlikni ushlab turadi va suv ni qon va to‘qima suyuqligi o‘tasida tarqalishida qatnashadi. 5) oqsillar bufer bo‘lib qon reak- siyasini doimiyligini ushlab turishda ish tirok etadi. Glukoza organizm hujayralari uchun asosiy energiya manbayi bo‘lib, qonda uning miqdori 4,44–6,66 mmol/l (80–120 mg %). Agar uning miqdori 2,22 mmol/l gacha kamaysa, miya hujayra- larining qo‘zg‘aluvchanligi oshadi va odamda titroq paydo bo‘la- di. Glukozaning miqdori kamayishda davom etsa, odam komaga tu shadi. Plazmaning mineral tarkibiga NaCI, CaCI 2 , KCI, NaHCO 3 NaH 2 PO 4 va boshqa tuzlar kiradi. Na + , Ca ++ va K + miqdori- ni nisbati va plazma ion tarkibini doimiyligini nisbati, organizm hayotida muhim ahamiyat ga ega. Endokrin tizimi kasalliklarida bu doimiylikning buzilishi hayot uchun xavflidir. Qonning shaklli elementlari. Qonning shaklli elementlari eri- trositlar, leykositlar va trombositlardan iborat. Eritrositlar ikki tomoni botiq disk shaklida. Ularning yadro- si bo‘lmay, diametri 7–8 mm, qalinligi 1–2 mkm. Erkaklarda eritrositlar 1 mkl qonda 5 000 000, ayollarda esa 1 mkl qonda – 4 500 000. Eritrositlarning asosiy vazifasi kislorod va karbonat an- gidridni tashish. Qizil ilikda har sekunda 10 mln eritrositlar ho- sil bo‘ladi. Ular 120 kun yashab jigar va taloq da parchalanadi. 340 Ba’zi bir kasalliklar oqibatida hosil bo‘lgan anemiyada qondagi eritrositlar miqdorini kamayishi gemoglabin miqdorini pasayishi- ga olib keladi. Ammo bunda har bir eritrositdagi gemoglabin miq- dori o‘zgarmaydi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling