Anatomiya 2014. indd


Eritrositlarning cho‘kish tezligi (EChT)


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   422
Bog'liq
True

Eritrositlarning cho‘kish tezligi (EChT). Mo‘tadil holatda 
qon beto‘xtov aylangani uchun eritrositlar plazmada muallaq 
holat da bo‘ladi. Qon tomirdan chiqarilgan qonni silindrga solib 
qo‘ysak, ma’ lum vaqtdan keyin eritrositlar cho‘kadi. Bu jarayon 
tarkibida temir bo‘lgan eritrositlarning nisbiy zichligi (1,090) qon 
plazmasining zich ligidan (1,020) kattaligidandir. Eritrositlarning 
cho‘kish tezligi erkaklarda – 5–7 mm/s, ayollarda – 8–12 mm/s. 
Eritrositlarni cho‘ kish tez ligi homilador ayollarda tezlashib – 25 
mm/s gacha boradi. Eritrositlarni cho‘kish tezligi kasalliklar va 
yallig‘lanish jarayonlarida kattalashadi.


343
Gemoliz. Eritrositlarning qobig‘ini buzilib, gemoglabinni at-
rof dagi suyuqlikka chiqishi gemoliz deyiladi. Gemolizga uchra-
gan qon eritrositlarning buzilishi natijasida tiniq bo‘lib qoladi. 
Gemolizni osmatik, kimyoviy, biologik va mexanik turlari tafo-
vut qilinadi.
Osmatik gemoliz gipotonik suyuqlikda ro‘y beradi. Bun-
da suyuq likning osmatik bosimi eritrositlarnikidan kam bo‘lgani 
uchun suv eritro sitga kuradi va u shishib, bosimi oshishi natijasi-
da yoriladi.
Kimyoviy gemoliz kimyoviy moddalar: benzin, efir, xloroform
ammiak ta’siri ostida ro‘y beradi. Bu moddalar yog‘ erituvchilar 
bo‘ lib, eritrositlar qobig‘ini eritadi.
Biologik gemoliz biologik gemolizinlar ta’siri ostida (ilon, ari 
va cha yon) chaqishi natijasida ro‘y beradi. Organizmda gemoli-
tik bakteriyalar, gijjalar, shuningdek, guruhi mos kelmagan qon 
quyilishi ham gemoliz chaqirishi mumkin. Oxirgi holatda eritro-
sitlar dastlab agglyutinatsiyaga uchrab (bir-biriga yopishib), keyin 
buziladi.
Mexanik gemoliz qonni chayqatganida bo‘lishi mumkin. Ge-
molizga uchragan qonni quyib bo‘lmaydi.
Qon guruhlari. Qadimgi davrlarda shifokorlar odamdan 
odamga qon quyishga harakat qilganlar. Bu urinishlar ko‘pincha 
o‘lim bilan tugagan. Qonni aralashtirganda bo‘ladigan hodisalar-
ni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bir odamning eritrositlari boshqa 
odam plazmasiga kiritilganida bir-biriga yopishib (agglyutinat-
siya), g‘uj bo‘lib qoladi va qonni aralashtirganda yo‘qolmaydi. 
Eritrositlar agglyutinsiyasi va keyinchalik ro‘y beradigan gemoliz 
natijasida og‘ir holat – gemotrasfuzion shok kelib chiqadi.
Bu holatlarni o‘rganish qonda alohida oqsil moddalar: eri-
trositlarda agglyutinogenlar, plazmada esa – agglyutininlar bor-
ligi aniq landi. Eritrositlarda ikki xil: A va B agglyutinogeni, qon 
plazmasida esa ikki xil: grekcha α va β harflari bilan belgilanuv-
chi agglyutinin bo‘lishi mumkin. Agar bir nomli agglyutinin va 
agglyutinogen α va A, β va B uchrashsa, agglyutinatsiya va ge-
moliz bo‘ladi.
Qonda u yoki bu agglyutinogen va agglyutininlarni bo‘lishiga 
qarab odamlarni qoni to‘rt guruhga bo‘linadi (jadval).


344

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling