Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 155-rasm. Yurakning qon tomirlari
Yurakning qon tomirlari. Yurakni ko‘tariluvchi aortaning
so‘ g‘on qismidan boshlanuvchi o‘ng va chap toj arteriyalari qon bilan ta’minlaydi (155-rasm). Yurak arteriyalari yarim oysimon to‘sqichlar sinusi sohasidan boshlangani uchun qorinchalar qis- qargan vaqtda ularning teshigini qopqoqlar tabaqasi berkita- di. Qorinchalar bo‘shash gan vaqtda to‘sqichlar sinusi qon bilan to‘ladi va qon toj arteriyalarga o‘tadi. O‘ng toj arteriyasi yarim oysimon qopqoqning o‘ng tabaqasi sinusi sohasidan boshlanadi. O‘ng quloqcha ostidan o‘tib toj egat- da y otadi. Yurakning o‘ng o‘pka yuzasini aylanib o‘tib, uning or- qa yuza si bo‘ylab chapga yo‘naladi va chap toj arteriyaning ayla- nib o‘tuv chi shoxi bilan anastomozlashadi. Uning yirik orqadagi qorinchalararo tarmog‘i qorincahalararo orqa egat bo‘ylab y urak uchigacha boradi. O‘ng toj arteriya tarmoqlari o‘ng bo‘lmacha va qorincha devo rini, o‘ng qorincha so‘rg‘ichsimon mu shak larini, qorinchalararo to‘siq ning orqa qismini, si- nus va bo‘lmacha orasidagi, bo‘lmacha va qorincha orasidagi tugunlarini qon bilan ta’minlaydi. 155-rasm. Yurakning qon tomirlari: 1–aorta ravog‘i; 2–o‘pka poyasi; 3–chap toj ar- teriya; 4–chap toj arteriyaning o‘rovchi tarmog‘i; 5–chap toj arteriyaning oldingi qorinchalararo tar- mog‘i; 6–o‘ng toj arteriya; 7–aortaning ko‘tarilu- vchi qismi; 8–pastki kavak vena. 360 Chap toj arteriya yarim oysimon qopqoqning chap tabaqasi sinusi so ha sidan boshlanib ikki shoxga: oldingi qorincha lararo va o‘rovchi tarmoq larga bo‘linadi. O‘rovchi tarmoq chap toj arte- riyaning bevosita davomi bo‘lib, toj egatda yotadi va o‘ng toj ar- teriya bilan anastomoz la shadi. Oldingi qorinchalararo tarmoq qo- rinchalararo oldingi egat bo‘ylab yurak uchiga yo‘naladi va orqa qorinchalararo arteriya bilan anastomozlashadi. Chap toj arteriya tarmoqlari chap qorincha devorini va so‘rg‘ichsimon mushaklar- ni, qorinchalararo to‘siqni katta qismini, o‘ng qorinchaning ol- dingi devorini va chap bo‘lmacha devorini qon bilan ta’minlaydi. Yurak venalari son jihatidan arteriyalarga nisbatan ko‘p. Ularning asosiylari yig‘ilib, bitta yurak toj venalarining kengaymasini Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling