Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Tashqi uyqu arteriyasi (a.carotis externa) umumiy uyqu arte-
riyasidan chiqqandan so‘ng (160-rasm), ichki uyqu arteriyasining medial tomonidan yuqoriga ko‘tarilib uyqu uchburchagiga bora- di. Bigizsimon-til osti va ikki qorinli mushakning medial tomo- nidan ko‘tarilib, pastki jag‘ suyagi bo‘yni sohasida o‘zining oxir- gi tar moqlari: chakkaning yuza arteriyasi va ustki jag‘ arteriyasiga 369 bo‘linadi. Tashqi uyqu arteriyasidan 9 ta tarmoq uch guruh bo‘lib chiqadi. Uning oldingi guruh tarmoqlariga ustki qalqonsimon bez, til va yuz arteriyalari kiradi. 1. Ustki qalqonsimon bez arteriyasi tashqi uyqu arteriyasi- ning bosh lanish sohasidan chiqib, oldinga va pastga yo‘naladi va pastki qalqonsimon bez arteriyasi bilan anastomozlashadi. U qal- qonsimon bezni, hiqildoqni shilliq pardasi va mushaklarini, til osti suyagi va to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakni qon bilan ta’minlaydi. 2. Til arteriyasi tashqi uyqu arteriyasidan til osti suyagi katta shoxlari sohasida boshlanib, pastga tilga tomon yo‘naladi. U til mu shaklari va shilliq pardasini, til osti suyagini va til osti so‘lak bezini qon bilan ta’minlaydi. Yuz arteriyasi til arteriyasidan 3–5 mm yuqoriroq, pastki jag‘ burchagi sohasidan boshlanadi. Pastki jag‘ suyagi qirrasini ayla- nib o‘tib yuzga chiqadi, yuqori va oldinga yo‘nalib og‘iz burcha- giga boradi. Yum shoq tanglay, tanglay murtagi, engak va bo‘yin- ning til osti suyagi ustidagi mushaklari, jag‘ osti so‘lak beziga tar- moq bergach, yuz arteriyasi ko‘zning medial burchagiga ko‘tari- lib, burchak arteriyasi nomi bilan ko‘z arteriyasining tarmog‘i bu- running orqa arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. Tashqi uyqu arteriyasining orqa guruh tarmoqlari: 1. Ensa arteriyasi yuz arteriyasi bilan bir sohadan boshlanadi. Orqa tomonga chakka suyagining o‘z nomidagi egatida yo‘nalib ensa terisini, so‘rg‘ichsimon o‘simtani to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsi- mon mushakni Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling