377
Aortaning
ko‘krak qismining visseral tarmoqlari ichki a’zo-
larga boradi. Ular qizilo‘ngach, kekirdak, perikard, bronxlar va
o‘pka to‘qimasini,
shuningdek, orqa ko‘ks oralig‘i biriktiruv-
chi to‘qimasini va unda joylashgan limfa tugunlarini qon bilan
ta’minlaydi.
Aortaning qorin qismi (pars abdominalis aortae) ko‘krak aor-
tasining bevosita davomi bo‘lib, bel umurtqalari oldida joylashadi.
Uning o‘ng tomonida pastki kavak vena yotadi.
Aortaning qorin
qismi XII ko‘krak umurtqasi sohasida boshlanadi. IV bel umurt-
qasi sohasida qorin aortasi aorta bifurkatsiyasini hosil qilib ikkita
umumiy yonbosh arteriyasiga bo‘linadi. Aortaning o‘zi ingichka
dumg‘azaning o‘rta
arteriyasi
bo‘lib, dumg‘aza suyagining chanoq
yuzasidan pastga kichik chanoqqa qarab yo‘naladi.
Aortaning qorin qismidan parietal va visseral tarmoqlar chiqadi.
Qorin aortasining parietal tarmoqlariga diafragmaning ostki ar-
teriyasi va bel arteriyalari kiradi.
1. Diafragmaning ostki arteriyasi juft bo‘lib,
diafragmaning
aorta teshigi sohasida boshlanadi va diafragmaning pastki yuzasini
qon bilan ta’minlaydi. Undan buyrak usti beziga 24 tagacha buy-
rak usti bezining yuqorigi arteriyalari
chiqadi.
Ular buyrak usti be-
zining yuqori qismini qon bilan ta’minlaydi.
2. Bel arteriyalari (4 juft) orqa qovurg‘alararo arteriyalarga
parallel yo‘nalib, qorin va orqa mushaklarini,
orqa terisini bel so-
hasini va orqa miyani qon bilan ta’minlaydi.
Qorin aortasining visseral tarmoqlari juft va toq tarmoqlarga
bo‘li nadi.
Qorin aortasining juft visseral tarmoqlariga buyrak usti bezi-
ning o‘r ta arteriyasi, buyrak arteriyasi va moyak (tuxumdon) arte-
riyasi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: