Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   422
Bog'liq
True

Yarim toq vena (hemiazygos) toq venadan ingichka, chap ko‘-
tariluv chi bel venasining davomidir. U ko‘krak qafasiga diafrag-
170-rasm. Yelka-bosh venasi va
uning oqimlari:
1–yuz venasi; 2–quloq oldi bezi; 3–past ki jag‘ 
orqasidagi vena; 4–to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ich-
simon mushak; 5–ustki qalqonsimon vena
6–chap ichki bo‘yinturuq venasi; 7–toq qal-
qonsimon chigal; 8–o‘rta qalqonsimon vena; 
9–chap yelka-bosh venasi; 10–chap o‘mrov 
osti arteriyasi; 11–chap o‘mrov osti venasi; 
12–chap umumiy uyqu arteriyasi; 13–ichki 
ko‘krak venasi; 14–pastki qalqonsimon vena; 
15–aorta ravog‘i; 16–yuqori kavak vena;
17–yelka-kalla poyasi; 18–o‘ng yelka-bosh venasi; 19–o‘ng o‘mrov osti ar-
teriyasi; 20–o‘ng o‘mrov osti venasi; 21–adash gan nerv; 22–o‘mrov suyagi; 
23–bo‘yinning ko‘ndalang venasi; 24–o‘ng umumiy uyqu arteriyasi;
25–o‘ng ichki bo‘yinturuq venasi; 26–tashqi bo‘yinturuq venasi;
27–ensa venasi; 29–til osti venasi.


385
ma bel qismining chap oyoqchalari o‘rtasidan o‘tib kiradi. Ko‘krak 
bo‘shlig‘ida 4–5 ta pastki orqa qovurg‘alararo venalarni qabul qiladi. 
VII–X ko‘krak umurt qalari sohasida toq vena o‘ng tomonga burilib, 
umurtqa pog‘onasining oldidan o‘tadi va toq venaga quyiladi. Yarim 
toq venaga 6–7 ta yuqorigi orqa qovurg‘alararo venalar, qizilo‘ngach 
va ko‘ks oralig‘i venalaridan hosil bo‘lgan qo‘shimcha yarim toq ve-
na
 quyiladi. Toq va yarim toq venalarning asosiy oqimlariga orqa qo-
vurg‘alararo venalar kiradi. 
Yelka-bosh venalari (v. brachicephalica) yuqori kavak vena-
ning asosiy ildizi bo‘lib (170-rasm), bosh, bo‘yin va qo‘ldan qon 
yig‘adi. Yelka-bosh venasi, o‘z navbatida, o‘mrov osti va ichki 
bo‘yinturuq venalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Chap yelka-
bosh venasi uzunligi 5-6 sm bo‘lib, chap to‘sh-o‘mrov bo‘g‘imi 
sohasida chap o‘mrov osti va ichki bo‘yinturuq venasining qo‘shi-
lishidan hosil bo‘ladi. Chap yelka-bosh venasi to‘sh suyagi das-
tasini va ayrisimon bezning orqasidan pastga va o‘ng tomonga 
yo‘nalib o‘ng I qovurg‘a tog‘ayi sohasida o‘ng yelka-bosh vena-
si bilan qo‘shiladi. O‘ng yelka-bosh venasining uzunligi 2–3 sm 
bo‘lib, o‘ng to‘sh-o‘mrov bo‘g‘imi orqasida o‘ng o‘mrov osti va 
ichki bo‘yinturuq venasining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. U past-
ga tomon vertikal tu shadi. Yelka-bosh venasiga ichki a’zolardan 
kelayotgan mayda venalar, shuningdek, qalqonsimon bezning yi-
rik venalari va ichki ko‘krak venalari quyiladi.
Bosh va bo‘yindan vena qoni ichki, tashqi va oldingi bo‘yin-
turuq venalar orqali oqadi. Ularning eng kattasi ichki bo‘yintu-
ruq vena sigmasimon sinusning bevosita davomi bo‘lib, bo‘yin-
turuq teshigi sohasidan bosh lanadi. Boshlanish joyida ichki bo‘-
yin turuq venasining ustki kengaymasi bor. Ichki bo‘yin turuq vena 
bo‘yin sohasida uyqu arteriyasi va adashgan nerv bilan birgalikda 
bo‘yin fassiyasidan hosil bo‘lgan qin ichida yotadi. Ichki bo‘yin-
turuq vena o‘mrov osti venasi bilan qo‘shiladigan joyda bo‘yin-
turuq venasining pastki kengaymasi
joylashgan. Ichki bo‘yintu-
ruq vena oqim lari ikki guruh ga: l. Bosh suyagi ichidagi venalar; 
2. Bosh suyagi tashqarisidagi venalarga bo‘linadi.
Bosh suyagi ichidagi oqim larga bosh miya qattiq par dasidagi 
sinuslar kiradi. Bu sinuslarga bosh miyadan qon yig‘uvchi yuza 
va chuqur ve na lar, kalla suyaklarining g‘o vak moddasidan qon 
yi g‘uv chi diploik venalar,
ko‘z ve na lari va labirint venalari qu-
yiladi. Vena sinuslari emissar venalar
 orqali boshning tash qi ve-
nalari bilan qo‘shilib turadi.


386
Ichki bo‘yinturuq venaning bosh suyagi tashqarisidagi oqim lariga 
bosh va bo‘yinning tur li qismlaridan qon yig‘uvchi yuz, pastki jag‘ 
orqasidagi vena, til, halqum, ustki va o‘rta qal qonsimon venalar ki-
radi.
Tashqi bo‘yinturuq venasi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak-
ning oldingi chekkasida ensa va quloq orqa venasining qo‘shilishi-
dan hosil bo‘ladi. U to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning ol-
dingi yuzasi bo‘ylab o‘mrov suyagigacha tushadi va ichki bo‘yintu-
ruq venani o‘mrov osti venasiga qo‘shilgan burchakka yoki o‘mrov 
osti venasiga quyiladi. Tashqi bo‘yinturuq venasiga yo‘1-yo‘lakay ku-
rak osti venasi

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling