Anatomiya 2014. indd


kin- dik arteriyasining ko‘p qismi medial kindik boylamiga


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   422
Bog'liq
True

 kin-
dik arteriyasining ko‘p qismi medial kindik boylamiga
venoz nay ve-
noz boylamga
 aylanadi. O‘pka poyasini aorta bilan qo‘shib turuv chi 
arteriya nayining ikki uchida bosim kichik qon aylanish ishga tush-
ganidan keyin tenglashadi va unda qon oqishi to‘xtaydi. 
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda nay teshigi torayib bekiladi. Bu ja-
rayon nay o‘rtasidan boshlanib, avval o‘pka poyasi tomoniga keyin 
esa aortaga qarab yuradi. Nay 8–10 kun davomida butunlay pu-
chayib arteriya boylamiga
 aylanadi. Agar arteriya nayi bekilmay qol-
sa, bolada tug‘ma nuqson paydo bo‘ladi.
O‘ng va chap bo‘lmachalardagi bosimning tenglashishi natijasida, 
ular o‘rtasidagi to‘siqda joylashgan oval teshik ham asta-sekin beki-
ladi. Ba’zan bu teshikning bekilishi uzoq vaqt (6–8 oy) davom etishi 
mumkin. Bu teshik bir yilgacha bekilmasa, bola yuragida tug‘ma 
nuqson paydo bo‘ladi.
Tomirlarda qon harakati tezligi
Arteriya, kapillyarlar va venalar o‘zaro bog‘langan tomirlar 
bo‘lib, ularda qon beto‘xtov oqadi. Odamda, qonning mo‘tadil ay-
lanishida, yurakka kelayotgan qon miqdori, undan chiqayotgan 


394
qon miqdoriga teng. Ammo qon oqishining tezligi aorta, kapillyar 
va venalarda bir xil emas. Qon aortada katta tezlik – 0,5 m/s bilan 
oqsa, kapillyarlarda juda sekin – 0,5 mm/s tezlikda oqadi. Yirik 
venalarda qon tezligi 0,25 mm/s ni tash kil qiladi. Qon oqishi tez-
ligining turli tomirlardagi bunday farqi, ular ning turli sohalardagi 
umumiy ke simining kengligini bir xil emasligi bilan bog‘liq. Tomir-
lar tizimining eng tor qismi aorta. Kapillyarlar bo‘shlig‘ining umu-
miy miqdori aortanikidan 600–800 marta katta. Yurakka yaqin-
lashgani sari venalar boshlig‘ning umumiy miqdori kamaya bora-
di. Venalar bo‘shlig‘ining umumiy miqdori arteriyalarga nisbatan 2 
marta katta, shuning uchun venalarda qonning tezligi arteriyalarga 
nisbatan 2 marta kam.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling