Anatomiya 2014. indd


-rasm. Limfa tuguni shakllari


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   422
Bog'liq
True

177-rasm. Limfa tuguni shakllari:
А–loviyasimon; B–yumaloq; D–оvalsimon; 
E–bo‘laklarga bo‘lingan; F–tasmasimon.


404
rakortikal zona deyilib, unda T-limfositlar bo‘ladi. Mag‘iz qismi 
po‘stloq qismining ichki chekkasidan limfa tuguni darvozasigacha 
cho‘zilgan limfoid to‘qima zanjiridan iborat. Limfa tuguni qon 
ishlab chiqarish da, organizmning himoya reaksiyalarida va lim-
fa oqimini boshqarish da ishtirok etadi. Limfa tugunlari tananing 
ayrim qismlarida yuza va chuqur guruh bo‘lib joylashadi. Tana 
bo‘shliqlarida esa tugunlar bo‘shliqlar devorida joylashgan parie-
tal va a’zolar oldida joylashgan visseral guruhlarga bo‘linadi.
Limfa poyalari va yo‘llari
Limfa tana qismlaridan limfa tugunlari orqali o‘tib, limfa 
poya lari va yo‘llariga yig‘iladi. Limfa poyalari va limfa yo‘llari 
yi rik limfa tomirlari bo‘lib, tananing ayrim sohalaridan limfani 
vena burchagiga yoki venalarga olib boradi. Odam tanasida juft: 
o‘ng va chap bo‘yinturuq, o‘mrov osti, bronx va ko‘ks orali g‘i 
hamda bel limfa poyalari; toq ichak tutqichi limfa poyasi tafo-
vut qilinadi. Bu poyalarning qo‘shilishidan ko‘krak va o‘ng lim-
fa yo‘llari hosil bo‘ladi.
Ko‘krak limfa yo‘li (ductus thoracicus) eng katta limfa tomiri 
bo‘lib, unga
 oyoqdan, chanoq, qorin bo‘shlig‘i devori va a’zola-
ridan ko‘krak qafasining chap tomonidan limfa quyiladi. U qorin 
bo‘shlig‘ida XII ko‘krak, II bel umurtqalari sohasida o‘ng va chap 
bel poyasining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. 25 % holatda ko‘krak 
lim fa yo‘lining boshlanish qismiga ichak tutqichi poyasi
ham 
quyiladi. Ko‘krak limfa yo‘lining uzunligi 30–41 sm bo‘lib, bosh-
lanish joyida ko‘krak limfa yo‘li kengaygan qismini
 hosil qiladi. 
Qorin bo‘shlig‘idan ko‘krak limfa yo‘li diafragmaning aorta teshi-
gi orqali ko‘krak qafasiga chiqadi va orqa ko‘ks oralig‘ida ko‘krak 
aortasi bilan toq vena o‘rtasida joylashadi. VI–VII ko‘krak umurt-
qalari sohasida u chap tomonga og‘adi. V–VI bo‘yin umurtqalari 
sohasida chap plevra cho‘qqisi ustida ravoq hosil qilib, chap ve-
na burchagiga quyiladi. Ko‘krak limfa yo‘lining quyilish joyida, 
uning ichki qavatidan hosil bo‘lgan qonni venadan limfa yo‘li-
ga o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi juft klapan bor. Bundan tashqari 
ko‘krak limfa yo‘lining bor bo‘yicha 7–9 ta klapanlari bo‘lib, ular 
limfani orqaga qaytishiga to‘sqinlik qiladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling