Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   422
Bog'liq
True

Emboliya deb tomirlarning qon oqimi keltirgan bo‘lakcha-
lar bilan tiqilishiga aytiladi. Bu bo‘lakchalar embollar deb ata-
ladi. Qon yoki limfada normada uchramaydigan turli qattiq, 
suyuq yoki gazsimon moddalar embol bo‘lishi mumkin. Ko‘proq 
uchraydigan embollarning birnecha turlarini tofovut etadilalar.
Tromb emboliya – tromblar yoki uning bo‘lakchalaridan ho-
sil bo‘l gan emboliya: emboliyaning ko‘p uchraydigan turlaridan 
biridir. Yangi hosil bo‘lgan yumshoq bo‘shang tromblar, odatda, 
tromboemboliyaning manbayi bo‘ladi. Oyoq venalaridagi trom-
blardan ajralgan yirik bo‘lakchalar bilan yuzaga kelgan o‘pka ar-
teriyalarining emboliyasi, ayniqsa, xavf lidir.
Yirik embollar, odatda, o‘pka arteriyalarining asosiy tarmoq-
lari bo‘ lin gan joylarga kelib tutilib qoladi. Arteriyalar reflektor 
tarzda spaz maga uchraydi va embol tomirga tiqilib qoladi. O‘pka 
arteriyalari tomirlarining ta’sirlanishi shokka olib keladi va to‘sat-
dan o‘lim yuza ga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. O‘pka arte-
riyalaridagi mayda tarmoqlarga embolning tiqilib qolishi o‘pka 
infarktlarini rivoj 
lanishiga sabab bo‘ladi. To‘qimali emboliya 
bir a‘zodan ikkinchi a‘zoga hujayralar gruppasi qon oqimi bilan 
o‘tganda yuzaga keladi. Bunday embollar shikastlangan yurak-
ning yemirilgan klapanlari bo‘ lakchalari, o‘smalarning tomirlar-
ga o‘sib kiruv chi yoki ularga o‘smalar parchalanganda tushuvchi 
o‘smalarning hujayralari bo‘lishi mum kin. Boshqa a’zo tomirlari-
da to‘xtab qolib, o‘sma hujayralari o‘sib keta di va o‘smaning yan-
gi tugunlari – metastazlarini hosil qiladi.


400
Bakterial emboliya – organizmda infeksion yallig‘lanish ja-
rayonlarida ayniqsa, yiringli jarayonlarda kuzatiladi.
Yog‘li emboliya – yog‘ga boy to‘qimalardan masalan, uzun 
naysimon suyaklar singanda parchalangan ilikdan yog‘ning tomir-
laridagi qonga tushishida vujudga keladi. Yog‘li embollar o‘pka 
tomirlarida keladi va ular miqdori ko‘p bo‘lganda, to‘satdan yuz 
beradigan o‘lim 
ning sababchisi bo‘lishi mumkin. Agar o‘pka-
ga yog‘ tushsa, uning funksiyasi ahamiyatli darajada buzilmasligi 
mumkin, yog‘ tomchilari esa asta-sekin sovunga aylanadi va erib 
ketadi.
Havoli emboliya – venalarga havo tushganda yuzaga keladi. 
Bo‘ yin venalarida manfiy bosimning mavjudligi tufayli, ular ja-
rohatlanganda, havo so‘rilib kiradi va qonga o‘tadi. Suyaklar ora-
sida joylashgan venalar jarohatlanganda, tug‘ruqdan so‘ng ochi-
lib tur gan bachadon venalariga va shuningdek, venaga ehtiyot-
sizlik bilan qon hamda suyuqliklar quyilganda ham havo so‘ri-
lib qolishi mumkin. Bunda o‘ng bo‘lmacha o‘ng qorincha va 
so‘ng o‘pka kapillyarlariga o‘tuvchi havo normal qon aylanishi-
ga to‘sqinlik qiladi.
Gazli emboliya – havo emboliyasining bir turi hisoblana-
di. Uni g‘ov vos larda suv ostidan tez ko‘tarilganda yoki kesson-
da tez chiqilganda kuzatish mumkin. Atmosfera bosimining kes-
kin pasayishi natijasida qonda erigan gazlar asosan azot, erigan 
holat da gaz holatiga o‘tadi va qonda mayda pufakchalarni hosil 
qiladi. Pufakchalar ham kichik, ham katta qon aylanish doira-
larida hosil bo‘ladi. 3–4 atm bosimidan normal bosimga to‘sa-
tdan o‘tilganda pufakchalar shunchalik ko‘p bo‘ladiki, miya, 
o‘pka, yurak toj tomir larining emboliyasi to‘sat dan yuz beradi-
gan o‘lim ning sababchisi bo‘ladi.
Emboliyalarning yo‘nalish harakati – qon oqimining yo‘na-
lishiga to‘g‘ri keladi. Odam qon aylanish sxemasini aniq bilish 
embollarning harakat yo‘nalishi va metastazlar hosil bo‘lish qo-
nuniyatlari haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishga imkon beradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling