Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 175-rasm. Qon bosimini Korotkovning bilvosita usulida o‘lchash
Qon bosimini o‘lchash. Arterial bosim ikki: bevosita va bilvo-
sita usullarda o‘lchanadi. To‘g‘ri usul arterial bosim katta jarroh- lik aralashuv larida qon bosimini beto‘xtov kuzatib turish kerak bo‘lga nida qo‘llaniladi. Bunda arteriyaning markaziy uchiga ki- ritilib, rezinka naycha orqali simobli monometrga ulanadi. Bil- vosita usulda arterial bosim yelka arteriyasida Korotkovning to- vushli usulida Riva-Rochchini simobli sfigmomanometri (175- rasm) yoki prujinali tono metr bilan o‘lchanadi. Bunda yelkani havo havdovchi rezina baloncha va manjetda- gi bosimni ko‘rsatuvchi manometrga ulangan ichi bo‘sh rezinka manjet bilan o‘raladi. Manjetga havo yuborilganda u yelka to‘qi- masini bosadi va yelka arteriyasini siqadi, manometr esa shu bosi- mni miqdorini ko‘rsatadi. Tomirning tonlari manjetdan pastroq da tirsak arteriyasida fonendoskop bilan eshitiladi. N.S.Korotkov si- qilmagan arteriyada qon oqqanda tovush chiqmasligini aniqlagan. Agar bosim ni sistolik bosim darajasidan ko‘tarsak, manjet arte- riyani to‘liq siqadi va qon oqishi to‘xtaydi. Bunda tovush yo‘qo- ladi. Agar manjetdagi havoni asta-sekin chiqarib undagi bosimni pasaytirsak, u sistolik bosimdan biroz pasayishi bilan qon sisto- lada siqilgan yerdan kuch bilan o‘tadi va manjetdan pastda tirsak arteriyasida qon tomir toni eshitiladi. Man- jetdagi birinchi tovush hosil bo‘lgan vaqt- dagi bosim maksimal yoki sistolik bosim- ga to‘g‘ri keladi. Manjetdan havoni chiqa- 175-rasm. Qon bosimini Korotkovning bilvosita usulida o‘lchash: 1–pezinka manjet; 2–манометр; 3–rezina baloncha; 4–fonendoskop. 396 ra borgan sari tonlar kuchaya boradi, keyin birdan pasayadi yoki yo‘qoladi. Bu davr diastolik bosimga to‘g‘ri keladi. Puls. Yurak ishlaganda paydo bo‘ la digan arteriya diametri- ning ritmik teb ranishiga puls deb ataladi. Pulsni bilak, chakka- ning yuza arteriyasida aniqlash mumkin. Odatda, puls ni bilak ar- teriyasida aniq lanadi. Puls ni aniqlash jarayonida yurak qisqarichi tezligi va kuchini, shu ning dek, qon tomirlarning elastiklik da- rajasi bilish mum kin. Sog‘lom katta odamda puls ritmik bo‘lib, y urak urishi bir xil vaqt oralig‘ida bo‘ ladi. Yurak xastaliklarida esa ritmni buzilishi – aritmiya ro‘y beradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling