Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet325/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   422
Bog'liq
True

Pastki tutqich venasi (v. mesenterica inferior) chambar ichak-
ning chap arteriyasi yonida joylashib, yuqoriga ko‘tariladi. Bu ve-
na oshqozon osti bezi ostidan o‘tib, ko‘pincha, taloq venasiga, 
kamroq hollarda yuqorigi tutqich venasiga, goho yuqorigi tutqich 
venasi bilan taloq venasining qo‘shilish burchagiga quyiladi. Pastki 
tutqich venasi yo‘g‘on ichakning chap qismidan (tushuvchi cham-
bar ichak, sigmasimon ichak va to‘g‘ri ichakning yuqori qismidan) 
qon yig‘adi. 
Vena tizimi anastomozlari. Tana venalari ko‘p sonli anasto-
mozlar vositasida o‘zaro bog‘lanadi. Anastomozlar tizimlararo va 
tizim ichi guruhlariga bo‘linadi. Tizimlararo anastomozlar vosita-
sida yuqori va pastki kavak hamda darvoza vena tizimlari o‘zaro 
bog‘lansa, tizim ichi anastomozlari vositasida ayrim tizim vena-
lari o‘zaro bog‘lanadi. Tizimlararo anastomozlar ikki guruhga: 
1) yuqo ri va pastki kavak vena oqimlari o‘rtasidagi kava-kaval; 
2) yuqori, pastki kavak va darvoza vena oqimlari o‘rtasidagi por-
ta-kaval anastomozlarga bo‘linadi. Porta-kaval anastomozlar qo-
rin bo‘shlig‘ining turli tomonlarida joylashadi. Ularning eng aso-
siylari quyidagilar:
1. Yuqorida qizilo‘ngachning qorin qismidan darvoza venasiga 
quyiluvchi chap oshqozon venasi
 oqimlari bilan toq va yarim toq 
venalar orqali yuqori kavak venaga quyiluvchi qizilo‘ngach vena-
lari
 o‘rtasida.
2. Pastda darvoza venasi oqimi bo‘lgan to‘g‘ri ichakning yuqo-
174-rasm. Jigarning darvoza venasi chizmasi:
1–darvoza venasining chap tarmog‘i;
2–osh qozonning chap venasi; 3–oshqozonning 
o‘ng venasi; 4–oshqozonning kalta venalari;
5–taloq venasi; 6–chap oshqozon-charvi venasi; 
7–pastki tutqich venasi; 8–o‘rtadagi chambar ichak 
venasi; 9–chap chambar ichak venasi; 10–och va 
yonbosh ichak venalari; 11–sigmasimon ichak
venalari; 12–to‘g‘ri ichaknining yuqorigi venasi;
13–to‘g‘ri ichak vena chigali; 14–chuvalchangsi-
mon o‘simta venasi; 15–yonbosh-chambar ichak 
venasi; 16–o‘ng chambar ichak venasi; 17–yuqori-
gi tutqich venasi; 18–oshqozon osti bezi-o‘n
ikki barmoq ichak venalari; 19–o‘ng oshqozon-
charvi venasi; 20–jigarning vena kapillyarlari;
21–jigarning darvoza venasi; 22–darvoza venasining o‘ng tarmog‘i.


392
ri venasi bilan ichki yonbosh venasi orqali pastki kavak venaga 
quyiluv chi to‘g‘ri ichakning o‘rta va pastki venalari o‘rtasida.
3. Oldinda, kindik atrofida, jigarning yumaloq boylami ichi-
dagi darvoza venasining oqimi kindik atrofidagi venalar bilan

yuqori kavak vena oqimi qorin devorining yuqorigi vena hamda 
pastki kavak vena oqimi qorin devorining pastki vena o‘rtasida-
gi uch tomonlama anastomoz. Bu anastomoz bolada jigar kasal-
liklarida katta ahamiyatga ega. Bunda kindik atrofi venalari ken-
gayib, o‘ziga xos shaklni – meduza boshi
 oladi.
4. Orqada bel sohasida darvoza vena oqimlari yo‘g‘on ichak-
ning mezo peritoneal qismi venalari va pastki kavak venaning pa-
rietal oqimlari bel venalari

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling