Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqorigi tutqich venasi
- Taloq venasi
Jigarning darvoza venasi
Jigarning darvoza venasi (v. portae hepatis) qorin bo‘shlig‘ida- gi toq hazm a’zolaridan (jigardan tashqari) qon yig‘uvchi yirik ve- na. Uning uzunligi 5–6 sm, ko‘ndalang o‘lchami 11–18 mm. Ji- garning darvoza venasi o‘n ikki barmoq ichak boylami ichida xu- susiy jigar arteriyasi va umumiy o‘t yo‘lining orqasida joylashadi. Jigar darvozasiga kirgach, darvoza venasi o‘ng va chap shoxlarga bo‘linadi. Ular, o‘z nav batida, sektor va segmentlarga shoxlanadi. Bunday bo‘linish da vom etib oxiri bo‘lakchalararo venalarga ay- lanadilar. Bo‘lakcha ichi da bu venalar keng kapillyarlarga (sinu- soid tomirlar) bo‘linadi. Bo‘ lakchalardan chiquvchi venalar o‘zaro qo‘shilib 3–4 jigar venalarini hosil qiladi. Darvoza vena tizimi venalarida ikkita kapillyar tori mav jud. Ulaming birinchisi hazm a’zolari devorida, ikkinchisi esa jigar bo‘lakchalari ichida joylash- gan. Shuning uchun hazm a’zolari devoridan yig‘ilgan vena qo- ni jigardan o‘tish vaqtida zararli va yot moddalardan tozalanib, so‘ngra pastki kavak venaga quyiladi. Darvoza venasi oshqozon osti bezi boshining orqasida yuqo- rigi tut qich venasi va taloq venasining o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bundan tashqari darvoza venasining hosil bo‘lishida past- ki tutqich venasi va chap oshqozon venasi ham ishtirok etadi. Yuqorigi tutqich venasi (v. mesenterica superior) ingichka ichak tutqichi ildiziga o‘z nomidagi arteriyaning o‘ng tomonida keladi. U osh qozonning katta egriligi va katta charvining o‘ng to- moni, o‘n ikki barmoq ichak, oshqozon osti bezining bosh qis- mi, och va yonbosh ichak, ularning tutqichi, ko‘richak va chu- valchangsimon o‘simta, ko‘tariluvchi va ko‘ndalang chambar ichakdan qon yig‘adi. Taloq venasi (v. splenica) oshqozon osti bezining yuqori qirrasi bo‘y lab shu nomdagi arteriya ostida chapdan o‘ngga yo‘naladi va qorin aortasining oldidan o‘tib, oshqozon osti bezi boshchasining orqasida yuqorigi tutqich venasi bilan qo‘shiladi. Taloq venasi ta- loqdan, oshqozon katta egriligi va katta charvining chap tomoni- dan, oshqozon osti bezidan qon yig‘adi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling