Anatomiya 2014. indd


oldingi bo‘yinturuq venasi va bo‘yinning ko‘ndalang  venasi quyiladi. Oldingi bo‘yinturuq venasi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   422
Bog'liq
True

oldingi bo‘yinturuq venasi va bo‘yinning ko‘ndalang 
venasi quyiladi.
Oldingi bo‘yinturuq venasi
 engak osti sohasi mayda venalaridan 
hosil bo‘ladi. U pastga tomon tushib, bo‘yin fassiyalari o‘rtasidagi 
oraliqda o‘ng va chap oldingi bo‘yinturuq venalari o‘zaro ko‘ndalang 
anastomoz bilan qo‘shilib bo‘yinturuq vena ravog‘ini
 hosil qiladi. Bu 
ravoq o‘ng va chap tomonda tashqi bo‘yinturuq venasiga quyiladi.
O‘mrov osti venasi
toq, qo‘ltiq osti venasining davomi bo‘lib, 
oldingi narvonsimon mushakning oldida joylashadi. To‘sh-o‘mrov 
bo‘g‘imi orqasida ichki bo‘yinturuq vena bilan qo‘shilib, yelka-bosh 
venasini hosil qiladi. Unga ko‘krak venalari va kurakning orqa ve-
nasi
 quyiladi. 
Qo‘l venalari yuza va chuqur venalarga bo‘linadi. Bu venalar 
o‘zaro ko‘plab anastomozlar hosil qilib qo‘shiladi. Qo‘lda yuza vena-
lar yaxshi bilinadi (171-rasm). Qo‘lning asosiy yuza venalari: lateral 
va medial teri osti venalari bo‘lib, ular barmoqlarning orqa tomoni-
dagi vena chigallaridan boshlanadi.
Kaftning dorsal venalari (to‘rtta) va ular o‘rtasi-
dagi anastomozlar barmoq, kaft va kaft usti sohala-
rida qo‘l kaftining orqa to‘rini hosil qiladi. Qo‘lning 
kaft tomonidagi yuza venalar ingichka bo‘lib, bar-
moqlarning kaft venalaridan
boshla nadi. Ulardan 
qon barmoqlarning yon tomonida joylashgan anasto-
mozlar orqali kaftning orqa to‘riga quyiladi.
171-rasm. O‘ng yelka venalari:
1–qo‘ltiq osti venasi; 2–ko‘krakning orqa venasi; 3–tirsak 
tarafdagi yuqori yonlama vena; 4, 7–qo‘lning medial teri
osti venasi; 5–yelka venalari; 6–tirsakning oraliq venasi
8, 9–qo‘lning lateral teri osti venasi.


387
Qo‘lning lateral teri osti venasi (v.cephalica) kaftning orqa ve-
na to‘rining bilak tomonidan birinchi dorsal kaft venasidan bosh-
lanadi. U bilak oldingi yuzasining lateral tomoni bo‘ylab ko‘ta-
rilib, ko‘plab teri osti venalarini qabul qilib tirsak chuqurchasiga 
yo‘naladi. Bu yerda medial teri osti venasi bilan anastomoz hosil 
qilganidan so‘ng yelkaga yo‘nalib, qo‘ltiq osti venasiga quyiladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling