383
Oyoq kaftining lateral arteriyasi o‘z nomidagi egat bo‘ylab V
kaft suyagi asosiga qarab yo‘naladi va medial tomonga bukiladi.
Kaftining lateral arteriyasi atrofidagi mushaklar va bo‘g‘imlar-
ga tarmoqlar beradi. Uning uchi 1 kaft suyagi sohasida oyoq kaf-
tining medial arteriyasi va oyoq panjasining ustki arteriyasining
oyoq kaftining chuqur tarmoqlari
bilan anastomoz lashib, kaft ra-
vog‘ini hosil qiladi. Kaft ravog‘idan to‘rtta ostki oyoq kafti arte-
riyalari
chiqib, oyoq panjasi kaft
yuzasidagi umumiy barmoq ar-
teriyalariga aylanadi. Barmoq falangalari asosida birinchi arteriya
uchta, qolganlari esa ikkitadan oyoq panjasi kaft yuzasidagi xusu-
siy barmoq arteriyalariga bo‘linib, I–V
barmoqlarning bir-biriga
qaragan yuzalarini qon bilan ta’minlaydi.
VENA TIZIMI
Kichik qon aylanish doirasi venalari
Kichik qon aylanish doirasi venalari yoki o‘pka venalari qon-
ni o‘pkadan chap bo‘lmachaga olib keladi. Ular har o‘pkada
ikkita-
dan jami to‘rtta bo‘lib, uzunligi 1,2–1,5 sm, ko‘ndalang kesimi 14–
18 mm. O‘ng o‘pkaning hajmi katta bo‘lgani uchun uning venalari
yo‘g‘onroq bo‘ladi.
Katta qon aylanish doirasi venalari
Katta qon aylanish doirasi venalari uchta tizimni o‘z
ichiga ola-
di: 1) yurak venalari tizimi; 2) yuqori kavak vena tizimi; 3) past-
ki kavak vena tizimi. Bu tizimlarning barchasi yurakning o‘ng bo‘l-
machasiga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: