Anatomiya 2014. indd
Oldingi katta boldir arteriyasi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Orqa katta boldir arteriyasi
- 168-rasm. Orqa katta boldir arteriyasi
1. Oldingi katta boldir arteriyasi (a.tibialis anterior) taqim os-
ti chu qurchasidan boshlanib, suyaklararo pardani teshib boldir- ning oldingi yuzasiga o‘tadi. Suyaklararo pardaning oldingi yuzasi bo‘ylab oyoq kaftiga borib, oyoq panjasining ustki arteriyasiga da- vom etadi. Oldingi katta boldir arteriyasining tarmoqlari boldir va kaft us- ti suyaklarini, tizza va boldir-oyoq panja bo‘g‘imini, shuningdek, boldirning oldingi guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. 2. Orqa katta boldir arteriyasi (a. tibialis posterior) taqim os- ti arteriyasining bevosita davomi (168-rasm). U boldirning or- qa guruh mu shaklari o‘rtasidagi boldir-taqim osti kanalidan past- ga yo‘nalib, undan kambalasimon mushakning medial chekkasiga chiqadi. Keyin arteriya medial tomonga og‘ib medial to‘piqning orqa tomonidagi fib roz kanaldan o‘tadi va oyoq kaftiga tushadi. Shu sohada orqa katta boldir arteriyasi fassiya va teri bilan qop- 382 langan. Oyoq kaftida u oyoq kaftining me- dial va lateral arteriyalariga bo‘linadi. Or- qa katta boldir arteriyasi tarmoqlari boldir va kaft usti suyaklarini, tizza va boldir-oyoq panja bo‘g‘imini, shuningdek, boldirning or- qa guruh mushaklarini qon bilan ta’minlay di. Uning katta tarmog‘i kichik boldir arteriya- si tashqariga va past tomonga bosh barmoq- ni bukuvchi mushak ostida yo‘nalib past ki mushak-kichik boldir kanaliga kiradi. U ki- chik boldir suyagi va boldirning lateral guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. 168-rasm. Orqa katta boldir arteriyasi: 1–taqim arteriyasi; 2–kicik boldir arteriyasi; 3–orqa katta boldir arteriyasi; 4–tovon tar moqlari; 5–tovon to‘ri; 6–oyoq kaftining medial arteriyasi; 7–medial to‘piqning to‘ri; 8–medial to‘piq tarmoqlari; 9–oldingi katta boldir arteriyasi; 10–tizzaning pastki medial arteriyasi. Oyoq panjasining ustki yuzasida oldingi katta boldir arteriya- sining davomi bo‘lgan oyoq panjasining ustki arteriyasi birinchi kaft suyaklari oralig‘iga yo‘nalib, oxirgi tarmoqlariga bo‘linadi. Uning tarmog‘i ravoqsimon arteriya oyoq kafti bilan barmoq fa- langalari o‘rtasidagi bo‘g‘imlar sohasida oyoq panjasi kaft usti- ning lateral arteriyasi bilan anastomozlashib kaft usti ravog‘ini hosil qiladi. Bu ravoqdan chiqqan tarmoqlar II–V barmoqlar- ning ustki tomoniga yo‘naladi. Oyoq kaftida orqa katta boldir arteriyasi tarmoqlari oyoq kaftining medial va lateral arteriyala- ri (169-rasm) yotadi. Oyoq kaftining medial arteriyasi o‘z nomi- dagi egatda yotib, atrofdagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi va lateral oyoq kafti arteriyasi hamda oyoq kaftining birinchi dorsal arteriyasi bilan anas- tomozlashadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling