Anatomiya 2014. indd


Buyrak usti bezining o‘rta arteriyasi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   422
Bog'liq
True

1. Buyrak usti bezining o‘rta arteriyasi I bel umurtqasi sohasi-
da boshlanib buyrak usti bezi darvozasiga kirib buyrak usti bezini 
qon bilan ta’minlashda ishtirok etadi.
2. Buyrak arteriyasi I–II bel umurtqalari sohasida boshlanib
to‘g‘ri burchak ostida buyrak darvozasiga kirib, oldingi va orqa shox-
larga
 bo‘linadi. Buyrak arteriyasidan buyrak usti bezining pastki ar-
teriyasi va siydik nayi tarmoqlari
 chiqadi.
3. Moyak (tuxumdon) arteriyasi ingichka uzun arteriya 
bo‘lib, buyrak arteriyasidan pastroqdan boshlanadi. Erkaklarda 
moyak arteriyasi chov kanalidan o‘tib, urug‘ tizimchasi tarkibida 


378
moyakka boradi. Ayollarda tuxumdon arteriyasi tuxumdonni osil-
tirib turuvchi boylami tarkibida tuxumdonga boradi.
Qorin aortasining toq visseral tarmoqlariga qorin poyasi, ust-
ki va pastki ichaktutqich arteriyalari kiradi. Ular qorin bo‘shlig‘ida 
joy lashgan toq a’zolarni qon bilan ta’minlaydi.
1. Qorin poyasi (truncus coeliacus) uzunligi 1,5–2 sm bo‘lgan 
qisqa tomir, aortaning (166-rasm) oldingi yuzasidan XII ko‘krak 
umurtqasi sohasida boshlanadi. Oshqozon osti bezining yuqori 
chekkasida uchta: osh qozonning chap, umumiy jigar va taloq ar-
teriyasiga bo‘linadi.
a) oshqozonning chap arteriyasi
 oshqozonning kichik egriligi 
bo‘ylab yotib, qizilo‘ngachning qorin qismi va oshqozonning ta-
nasini qon bilan ta’minlaydi.
b) umumiy jigar arteriyasi
 o‘ng tomonga yo‘nalib ikkiga: ji-
garning xususiy arteriyasi va oshqozon o‘n ikki barmoq ichak 
arteriyasiga bo‘linadi. Jigarning xususiy arteriyasi
jigar-o‘n ik-
ki barmoq ichak boylami ichida jigar darvozasiga borib, o‘ng va 
chap tarmoq qa bo‘linadi. Jigar ichida ular sektor, segment va 
bo‘laklararo arteriyalarga bo‘linadi. O‘ng tarmoqdan o‘t pufagi-
ni qon bilan ta’minlov chi o‘t pufagi arteriyasi chiqadi. Xususiy 
jigar arteriyasidan oshqozonning kichik egriligi bo‘ylab yo‘nalib, 
oshqozonning pilorik qismini qon bilan ta’minlovchi o‘ng osh-
qozon arteriyasi chiqib, chap oshqozon arteriyasi bilan anasto-
mozlashadi.
Oshqozon-o‘n ikki barmoq ichak arteriyasi oshqozonning pi-
lorik qismining orqasidan o‘tib,
o‘ng oshqozon-charvi va ustki 
oshqozon osti bezi-o‘n ikki barmoq ichak arteriyasiga bo‘lina-
di. O‘ng osh qozon-charvi arteriyasi oshqozonning katta egriligi 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling