Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilak arteriyasi
- Tirsak arteriyasi
Yelka arteriyasi (a. brachialis) qo‘ltiq osti arteriyasining be-
vosita davomi (164-rasm) bo‘lib, katta ko‘krak mushagining past- 375 ki chekkasi sohasida boshlanadi. Yelka sohasida yelka arteriyasi yelka ning ikki bosh li mushagini medial tomonidagi egatda o‘z no- midagi venalar va o‘rtadagi nerv bilan tirsak chuqurchasiga bora- di. Bu chuqurchada bilak suyagi bo‘yni sohasida bilak va tirsak ar- teriyalariga bo‘linadi. Yelka arteriyasining eng katta tarmog‘i yel- kaning chuqur arteriyasi bilak nervi bilan yelka-mushak kanalida yo‘nalib, yelka suyagini va yelka mushaklarini qon bilan ta’min- laydi, uning tarmoqlari, shuningdek, tirsak bo‘g‘imi arterial to‘ri- ni hosil qilish da ishtirok etadi. Yelka arteriyasining tarmoqlari bo‘lgan tirsak tarafdagi yuqori va pastki arteriyalar tirsakning qay- tuvchi arteriyasi tarmoqlari bilan anastomozlashib, tirsak bo‘g‘imi to‘rini hosil qilishda qatnashadi. Bilak arteriyasi (a. radialis) yelka arteriyasining bevosita da- vomi bo‘lib, yumaloq pronator va yelka-bilak mushaklari o‘rtasi- dan past ga yo‘naladi. Bilakning pastki qismida fassiya va teri os- tida joylash gan bo‘lib, bu sohada puls aniqlanadi. Bilakning pastki qismida arteriya bilak suyagi bigizsimon o‘siqchasini aylanib qo‘l kaftining orqa tomoniga o‘tadi. Kevin u birinchi kaft suyagi ora- lig‘i orqali bosh barmoqni aylanib yana kaftga qaytadi. Kaftda bi- lak arteriyasi tirsak arteriyasining chuqur kaft tarmog‘i bilan anas- tomozlashib kaftning chuqur arterial ravog‘ini hosil qiladi. Bilak arteriyasidan uning yo‘nalishida chiqqan ko‘p sonli tarmoqlar bi- lak va kaft usti suyaklarini, tirsak va bilak-kaft usti bo‘g‘imlarini, bilak mushaklari va terisini qon bilan ta’minlaydi. Tirsak arteriyasi (a. ulnaris) tirsak chuqurchasidan yumaloq pronator mushagi ostidan o‘tgach, o‘z nomidagi nerv bilan tir- sak egati bo‘ylab pastga tushib, kaftga o‘tadi va bilak arteriyasi- ni kaftnig yuza tarmog‘i bilan anastomozlashib kaftning yuza ra- vog‘ini hosil qiladi. Tirsak arteriyasining tarmoqlari bilak va kaft Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling