Anatomiya 2014. indd


Qo‘lning medial teri osti venasi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   422
Bog'liq
True

Qo‘lning medial teri osti venasi (v. basilica) to‘rtinchi dorsal 
kaft venasining davomi bo‘lib, bilakning medial tomonidan yu-
qoriga ko‘tariladi. Tirsak chuqurchasida anastomoz hosil qilga-
nidan so‘ng yelkaning pastki qismida yelka venasiga quyiladi.
Tirsakning oraliq venasi (v. mediana cubiti) tirsakning oldingi 
yuza sida teri ostida yotadi (171-rasm). U qo‘lning lateral teri osti 
venasidan qo‘lning medial teri osti venasiga qarab qiya yo‘nalgan. 
Bulardan tashqari bilakning oldingi yuzasida bilakning oraliq ve-
nasi
 joylashadi. Bu vena tirsakning oraliq venasiga quyiladi.
Qo‘lning chuqur venalari o‘z nomidagi arteriyalar yonida ik-
kitadan hamroh venalar bo‘lib joylashadi. Qo‘l kaftining kaft yu-
zasida arteriyalarni kuzatuvchi venalar yuzaki va chuqur vena ra-
voqlarini hosil qiladilar. Bu ikkala vena ravoqlaridan juft bilak va 
tirsak venalari hosil bo‘ladi. Ular o‘z nomidagi arteriyalar bilan 
yo‘nalib, o‘zaro qo‘shiladi va juft yelka venasini
 hosil qiladi. Bu 
venalar qo‘ltiq osti chuqurchasiga yetmasdan qo‘shilib, toq qo‘ltiq 
osti venasini hosil qiladi. Qo‘ltiq osti venasi I qovurg‘aning tash-
qi qirrasigacha davom etib, o‘mrov osti venasiga o‘tadi. Qo‘lning 
chuqur venalarining oqim lari o‘z nomidagi arteriya tarmoqlariga 
mos ravishda joylashadi va ular tarqalgan sohalardan qon yig‘adi.
Pastki kavak vena tizimi
Pastki kavak vena (v. cava inferior) odam tanasidagi eng kat-
ta vena bo‘lib, klapanlari bo‘lmaydi. Uning uzunligi qorin bo‘sh-
lig‘ida 18–20 sm, ko‘krak bo‘shlig‘ida 1–4 sm. Pastki kavak ve-
na IV–V bel umurtqalari o‘rtasidagi tog‘ay disk sohasida o‘ng va 
chap umumiy yonbosh venalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi 
(172-rasm). Dastlab pastki kavak vena o‘ng katta bel mushagining 
oldingi yuzasida joylashadi. U qorin aortasining o‘ng tomonida 
yuqoriga ko‘tarilib, o‘n ikki barmoq ichakning gorizontal qismi, 
oshqozon osti bezining boshi va ichaktutqich ildizining orqasidan 
o‘tadi. Jigarda o‘z nomidagi egatda joylashib, jigar venalarini qa-


388
bul qiladi. So‘ngra diafragmadan o‘z nomidagi teshik orqali orqa 
ko‘ks oralig‘iga o‘tib, perikard ichiga kiradi va o‘ng bo‘lmacha-
ga quyiladi. Qorin bo‘shlig‘ida pastki kavak vena qorinparda bilan 
faqat old tomondan o‘ralgan.
Pastki kavak vena tizimi oyoq, chanoq devori va unda joylash-
gan a’zolardan, qorin bo‘shlig‘i devori va unda joylashgan juft 
a’zolardan, shuningdek, jigardan qon yig‘adi. Pastki kavak vena-
ning oqim lari ikki: parietal va visseral guruhlarga bo‘linadi. Pastki 
kavak venaning parietal oqimlariga 4 juft bel venalari va diafrag-
maning pastki venalari kirib, ular shu nomdagi arteriyalar tarqal-
gan sohadan qon yig‘adi.
Pastki kavak venaning visseral oqimlariga juft moyak (tuxum-
don), buyrak, buyrak usti bezi venalari va jigardan qon yig‘uvchi 3–4 
jigar venalari kiradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling