Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vena tizimi anastomozlari.
Pastki tutqich venasi (v. mesenterica inferior) chambar ichak-
ning chap arteriyasi yonida joylashib, yuqoriga ko‘tariladi. Bu ve- na oshqozon osti bezi ostidan o‘tib, ko‘pincha, taloq venasiga, kamroq hollarda yuqorigi tutqich venasiga, goho yuqorigi tutqich venasi bilan taloq venasining qo‘shilish burchagiga quyiladi. Pastki tutqich venasi yo‘g‘on ichakning chap qismidan (tushuvchi cham- bar ichak, sigmasimon ichak va to‘g‘ri ichakning yuqori qismidan) qon yig‘adi. Vena tizimi anastomozlari. Tana venalari ko‘p sonli anasto- mozlar vositasida o‘zaro bog‘lanadi. Anastomozlar tizimlararo va tizim ichi guruhlariga bo‘linadi. Tizimlararo anastomozlar vosita- sida yuqori va pastki kavak hamda darvoza vena tizimlari o‘zaro bog‘lansa, tizim ichi anastomozlari vositasida ayrim tizim vena- lari o‘zaro bog‘lanadi. Tizimlararo anastomozlar ikki guruhga: 1) yuqo ri va pastki kavak vena oqimlari o‘rtasidagi kava-kaval; 2) yuqori, pastki kavak va darvoza vena oqimlari o‘rtasidagi por- ta-kaval anastomozlarga bo‘linadi. Porta-kaval anastomozlar qo- rin bo‘shlig‘ining turli tomonlarida joylashadi. Ularning eng aso- siylari quyidagilar: 1. Yuqorida qizilo‘ngachning qorin qismidan darvoza venasiga quyiluvchi chap oshqozon venasi oqimlari bilan toq va yarim toq venalar orqali yuqori kavak venaga quyiluvchi qizilo‘ngach vena- lari o‘rtasida. 2. Pastda darvoza venasi oqimi bo‘lgan to‘g‘ri ichakning yuqo- 174-rasm. Jigarning darvoza venasi chizmasi: 1–darvoza venasining chap tarmog‘i; 2–osh qozonning chap venasi; 3–oshqozonning o‘ng venasi; 4–oshqozonning kalta venalari; 5–taloq venasi; 6–chap oshqozon-charvi venasi; 7–pastki tutqich venasi; 8–o‘rtadagi chambar ichak venasi; 9–chap chambar ichak venasi; 10–och va yonbosh ichak venalari; 11–sigmasimon ichak venalari; 12–to‘g‘ri ichaknining yuqorigi venasi; 13–to‘g‘ri ichak vena chigali; 14–chuvalchangsi- mon o‘simta venasi; 15–yonbosh-chambar ichak venasi; 16–o‘ng chambar ichak venasi; 17–yuqori- gi tutqich venasi; 18–oshqozon osti bezi-o‘n ikki barmoq ichak venalari; 19–o‘ng oshqozon- charvi venasi; 20–jigarning vena kapillyarlari; 21–jigarning darvoza venasi; 22–darvoza venasining o‘ng tarmog‘i. 392 ri venasi bilan ichki yonbosh venasi orqali pastki kavak venaga quyiluv chi to‘g‘ri ichakning o‘rta va pastki venalari o‘rtasida. 3. Oldinda, kindik atrofida, jigarning yumaloq boylami ichi- dagi darvoza venasining oqimi kindik atrofidagi venalar bilan , yuqori kavak vena oqimi qorin devorining yuqorigi vena hamda pastki kavak vena oqimi qorin devorining pastki vena o‘rtasida- gi uch tomonlama anastomoz. Bu anastomoz bolada jigar kasal- liklarida katta ahamiyatga ega. Bunda kindik atrofi venalari ken- gayib, o‘ziga xos shaklni – meduza boshi oladi. 4. Orqada bel sohasida darvoza vena oqimlari yo‘g‘on ichak- ning mezo peritoneal qismi venalari va pastki kavak venaning pa- rietal oqimlari bel venalari Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling