Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   422
Bog'liq
True

Umumiy yonbosh venasi (v. iliaca communis) dumg‘aza-yon-
bosh bo‘g‘imi sohasida ichki va tashqi yonbosh venalarning qo‘shi-
lishidan hosil bo‘ladi (172-rasm). O‘ng umumiy yonbosh vena shu 
nomdagi arteriyaning orqasida, chap vena esa medial tomonida 
joylashadi.
Ichki yonbosh venasi (v. iliaca interna) kichik chanoq bo‘sh-
lig‘ining yon devorida shu nomdagi arteriyaning orqasida yotadi va 
uning tarmoqlari qon bilan ta’minlovchi sohalardan qon yig‘adi. 
Uning oqim lari parietal va visseral guruhlarga bo‘linadi. 
Ichki yonbosh venasining parietal oqimlari chanoq suyaklari va 
yumshoq to‘qimasidan qon yig‘adi.
Ichki yonbosh venasining visseral oqimlari kichik chanoq bo‘sh-
li g‘i a’zolari atrofini o‘ragan vena chigallaridan boshlanadi.
Tashqi yonbosh venasi (v. iliaca externa) son venasinig bevo-
sita davomi bo‘lib unga chov boylamining ustida qorin devorining 
past ki venasi
 va yonbosh suyagini o‘rovchi chuqur vena quyiladi.
172-rasm. Ayollar chanoq bo‘shlig‘i
a’zolarining qon tomirlari:
1–chap umumiy yonbosh venasi; 2–chap ichki yon-
bosh vena; 3–to‘g‘ri ichakning o‘rta venalari; 4–ba-
chadon venalari; 5–siydik qopi venalari; 6–siydik 
qopi venalarining chigali; 7–bachadon venalarining 
chigali; 8–o‘ng tashqi yonbosh vena; 9–o‘ng tuxu-
mdon venasi; 10–pastki kavak vena.


389
Oyoq venalari chuqur va yuza venalarga bo‘linadi. Yuza venalar 
teri ostida joylashib, ko‘p sonli to‘rlar hosil qiladi. Ulardan oyoq-
ning katta va kichik teri osti venalari hosil bo‘ladi. 
Oyoq panjasi venalari: oyoq panjasining orqa (dorsal) vena-
lari
bar moqlarning vena chigallaridan boshlanib, oyoq panjasi-
ning orqa (dorsal) ravog‘iga
 quyiladi. Bu ravoqning medial chek-
kasidan oyoq ning katta teri osti venasi, lateral chekkasidan esa 
oyoqning kichik teri osti venasi bosh lanadi. Oyoq panjasining 
kaft tomonida kaft vena to‘ri ko‘p sonli teri osti venalaridan qon 
yig‘adi. Ular chuqur anastomozlar hosil qiladi. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling