Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   422
Bog'liq
True

Qon bosimini o‘lchash. Arterial bosim ikki: bevosita va bilvo-
sita usullarda o‘lchanadi. To‘g‘ri usul arterial bosim katta jarroh-
lik aralashuv larida qon bosimini beto‘xtov kuzatib turish kerak 
bo‘lga nida qo‘llaniladi. Bunda arteriyaning markaziy uchiga ki-
ritilib, rezinka naycha orqali simobli monometrga ulanadi. Bil-
vosita usulda arterial bosim yelka arteriyasida Korotkovning to-
vushli usulida Riva-Rochchini simobli sfigmomanometri (175-
rasm) yoki prujinali tono metr bilan o‘lchanadi.
Bunda yelkani havo havdovchi rezina baloncha va manjetda-
gi bosimni ko‘rsatuvchi manometrga ulangan ichi bo‘sh rezinka 
manjet bilan o‘raladi. Manjetga havo yuborilganda u yelka to‘qi-
masini bosadi va yelka arteriyasini siqadi, manometr esa shu bosi-
mni miqdorini ko‘rsatadi. Tomirning tonlari manjetdan pastroq da 
tirsak arteriyasida fonendoskop bilan eshitiladi. N.S.Korotkov si-
qilmagan arteriyada qon oqqanda tovush chiqmasligini aniqlagan. 
Agar bosim ni sistolik bosim darajasidan ko‘tarsak, manjet arte-
riyani to‘liq siqadi va qon oqishi to‘xtaydi. Bunda tovush yo‘qo-
ladi. Agar manjetdagi havoni asta-sekin chiqarib undagi bosimni 
pasaytirsak, u sistolik bosimdan biroz pasayishi bilan qon sisto-
lada siqilgan yerdan kuch bilan o‘tadi va manjetdan pastda tirsak 
arteriyasida qon tomir toni eshitiladi. Man-
jetdagi birinchi tovush hosil bo‘lgan vaqt-
dagi bosim maksimal yoki sistolik bosim-
ga to‘g‘ri keladi. Manjetdan havoni chiqa-
175-rasm. Qon bosimini Korotkovning
bilvosita usulida o‘lchash:
1–pezinka manjet; 2–манометр;
3–rezina baloncha; 4–fonendoskop.


396
ra borgan sari tonlar kuchaya boradi, keyin birdan pasayadi yoki 
yo‘qoladi. Bu davr diastolik bosimga to‘g‘ri keladi.
Puls. Yurak ishlaganda paydo bo‘ la digan arteriya diametri-
ning ritmik teb ranishiga puls deb ataladi. Pulsni bilak, chakka-
ning yuza arteriyasida aniqlash mumkin. Odatda, puls ni bilak ar-
teriyasida aniq lanadi. Puls ni aniqlash jarayonida yurak qisqarichi 
tezligi va kuchini, shu ning dek, qon tomirlarning elastiklik da-
rajasi bilish mum kin. Sog‘lom katta odamda puls ritmik bo‘lib, 
y urak urishi bir xil vaqt oralig‘ida bo‘ ladi. Yurak xastaliklarida 
esa ritmni buzilishi – aritmiya ro‘y beradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling