Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Emboliya deb tomirlarning qon oqimi keltirgan bo‘lakcha-
lar bilan tiqilishiga aytiladi. Bu bo‘lakchalar embollar deb ata- ladi. Qon yoki limfada normada uchramaydigan turli qattiq, suyuq yoki gazsimon moddalar embol bo‘lishi mumkin. Ko‘proq uchraydigan embollarning birnecha turlarini tofovut etadilalar. Tromb emboliya – tromblar yoki uning bo‘lakchalaridan ho- sil bo‘l gan emboliya: emboliyaning ko‘p uchraydigan turlaridan biridir. Yangi hosil bo‘lgan yumshoq bo‘shang tromblar, odatda, tromboemboliyaning manbayi bo‘ladi. Oyoq venalaridagi trom- blardan ajralgan yirik bo‘lakchalar bilan yuzaga kelgan o‘pka ar- teriyalarining emboliyasi, ayniqsa, xavf lidir. Yirik embollar, odatda, o‘pka arteriyalarining asosiy tarmoq- lari bo‘ lin gan joylarga kelib tutilib qoladi. Arteriyalar reflektor tarzda spaz maga uchraydi va embol tomirga tiqilib qoladi. O‘pka arteriyalari tomirlarining ta’sirlanishi shokka olib keladi va to‘sat- dan o‘lim yuza ga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. O‘pka arte- riyalaridagi mayda tarmoqlarga embolning tiqilib qolishi o‘pka infarktlarini rivoj lanishiga sabab bo‘ladi. To‘qimali emboliya bir a‘zodan ikkinchi a‘zoga hujayralar gruppasi qon oqimi bilan o‘tganda yuzaga keladi. Bunday embollar shikastlangan yurak- ning yemirilgan klapanlari bo‘ lakchalari, o‘smalarning tomirlar- ga o‘sib kiruv chi yoki ularga o‘smalar parchalanganda tushuvchi o‘smalarning hujayralari bo‘lishi mum kin. Boshqa a’zo tomirlari- da to‘xtab qolib, o‘sma hujayralari o‘sib keta di va o‘smaning yan- gi tugunlari – metastazlarini hosil qiladi. 400 Bakterial emboliya – organizmda infeksion yallig‘lanish ja- rayonlarida ayniqsa, yiringli jarayonlarda kuzatiladi. Yog‘li emboliya – yog‘ga boy to‘qimalardan masalan, uzun naysimon suyaklar singanda parchalangan ilikdan yog‘ning tomir- laridagi qonga tushishida vujudga keladi. Yog‘li embollar o‘pka tomirlarida keladi va ular miqdori ko‘p bo‘lganda, to‘satdan yuz beradigan o‘lim ning sababchisi bo‘lishi mumkin. Agar o‘pka- ga yog‘ tushsa, uning funksiyasi ahamiyatli darajada buzilmasligi mumkin, yog‘ tomchilari esa asta-sekin sovunga aylanadi va erib ketadi. Havoli emboliya – venalarga havo tushganda yuzaga keladi. Bo‘ yin venalarida manfiy bosimning mavjudligi tufayli, ular ja- rohatlanganda, havo so‘rilib kiradi va qonga o‘tadi. Suyaklar ora- sida joylashgan venalar jarohatlanganda, tug‘ruqdan so‘ng ochi- lib tur gan bachadon venalariga va shuningdek, venaga ehtiyot- sizlik bilan qon hamda suyuqliklar quyilganda ham havo so‘ri- lib qolishi mumkin. Bunda o‘ng bo‘lmacha o‘ng qorincha va so‘ng o‘pka kapillyarlariga o‘tuvchi havo normal qon aylanishi- ga to‘sqinlik qiladi. Gazli emboliya – havo emboliyasining bir turi hisoblana- di. Uni g‘ov vos larda suv ostidan tez ko‘tarilganda yoki kesson- da tez chiqilganda kuzatish mumkin. Atmosfera bosimining kes- kin pasayishi natijasida qonda erigan gazlar asosan azot, erigan holat da gaz holatiga o‘tadi va qonda mayda pufakchalarni hosil qiladi. Pufakchalar ham kichik, ham katta qon aylanish doira- larida hosil bo‘ladi. 3–4 atm bosimidan normal bosimga to‘sa- tdan o‘tilganda pufakchalar shunchalik ko‘p bo‘ladiki, miya, o‘pka, yurak toj tomir larining emboliyasi to‘sat dan yuz beradi- gan o‘lim ning sababchisi bo‘ladi. Emboliyalarning yo‘nalish harakati – qon oqimining yo‘na- lishiga to‘g‘ri keladi. Odam qon aylanish sxemasini aniq bilish embollarning harakat yo‘nalishi va metastazlar hosil bo‘lish qo- nuniyatlari haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling