Anatomiya 2014. indd
-rasm. Limfa tomirlarning tuzilishi chizmasi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Limfa tuguni
176-rasm. Limfa tomirlarning tuzilishi chizmasi:
1–limfa tomir; 2–klapan; 3–olib keluvchi limfa tomirlar; 4–limfa tuguni; 5–olib ketuvchi limfa tomirlar. 403 teliy hujayralaridan tuzilgan. Ular o‘zaro qo‘shilib, limfa tomirla- rini hosil qiladi. Limfa tomirlari ichida klapanlari bo‘lib, limfani bir yo‘nalishda o‘tkazadi. Klapanlar joy lashgan joylarda limfa to- mirlar toraygan bo‘ladi. (176-rasm) Limfa tomirlari joylashishiga qarab a’zo ichi va a’zo sirti tomirlariga bo‘linadi. A’zo ichi limfa tomirlari a’zolar devorida chigallar hosil qiladi. A’zo sirti limfa tomirlari a’zolardan regionar limfa tugunlari- ga qarab yo‘nalib, olib keluvchi to mirlarni hosil qiladi. Bu tomir- lar 2–4 bo‘ladi. Ular limfa tugunini qavariq tomoniga kelib, kap- sulani teshib o‘tadi va lim fa tugunining limfoid to‘qimasiga quyi- ladi. Limfa tuguni darvozasi dan chiqqan 1–2 olib ketuvchi to- mirlar keyingi limfa tugunlariga y oki lim fa poyalariga yo‘naladi. A’zo sirti limfa tomirlari joylashishiga qarab chuqur (qon tomir va nervlar bilan yo‘naluvchi) va yuza (teri osti venalari va nervla- ri bilan yo‘naluvchi) guruhlarga bo‘linadi. Tananing harakatchan sohalarida limfa tomirlari limfani beto‘xtov oqishini ta’minlov- chi aylanma limfa yo‘llarini hosil qiladi. Limfa tuguni a’zo va to‘qimalardan limfa poyalari va lim- fa yo‘llariga kelayotgan limfa tomirlari yo‘lida joylashadi. Limfa tugunlari, odat da, ikki va undan ko‘p holatda guruh bo‘lib joy- lashadi. Lim fa tugunlari (177-rasm) oval, yumaloq, loviyasimon, bo‘laklarga bo‘lingan shakllarda uchraydi. Ularning uzunligi 10– 20 mm bo‘lib, umumiy og‘irligi 500–1000 g yoki tana og‘irligi- ning 1 %ini tashkil qiladi. Limfa tugunining botiq tomonida dar- vozasi bo‘lib, unga arteriya va nervlar kiradi, vena va olib ketuv- chi limfa tomirlari chiqadi. Tugunning qavariq tomonidan esa olib keluvchi limfa tomirlari kiradi. Limfa tugunini o‘ragan bi- riktiruvchi to‘qimali kapsuladan uning darvozasi sohasida tugun ichiga to‘siqlar kirib, uni bo‘laklarga bo‘ladi. Limfa tuguni pa- renximasi po‘stloq va mag‘iz moddalarga bo‘linadi. Po‘stloq qis- mi kapsulaga yaqin joylashib, tugunning periferik qismini egal- laydi. Unda o‘lchamlari 0,5–1 mm bo‘lgan lim foid tugunchalar bo‘lib, ularda B-limfositlar to‘plangan. Limfoid tugunchalardan ichkarida mag‘iz qismi chegarasida joylashgan limfoid to‘qima qatlami timusga bog‘liq bo‘lgan pa- Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling