Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- B-limfositlar
- Immunitet
Ayrisimon bez (thymus) immun tizimining markaziy a’zosi.
Unda qizil ilikning o‘zak hujayralaridan hujayra immunitetiga mas’ul bo‘lgan T-limfositlar takomillashadi. Hosil bo‘lgan T-lim- fositlar qon bilan birga timusga bog‘liq bo‘lgan limfa tugunining parakortikal qismi, taloqning limfoid tugunlarining periarterial qismiga kiradi va hujayra immuniteti hosil bo‘lishini ta’minlay- di. Bundan tashqari ayrisimon bez T-limfositlarning takomilla- shuviga va faoliyatiga ta’sir qiluv chi timik omillarni ham ishlab chiqaradi. Limfositlarning bir qismi taloq va limfoid to‘qimaga o‘tib, B-limfositlar va plazmositlarga takomillashadi. B-limfo- sitlar va plazmositlar antigenlar bilan uchrashganda yot oqsillar- ni bog‘lab olib neytrallovchi maxsus antitela – immunoglobulin- lar ishlab chiqaradi. T va B-limfositlar faoliyati bilan farq qiladi. T-lim fositlar organizm da «o‘ziniki» va «begonani» ajratish xusu- siyatiga ega. Ularning y uzasida yot oqsillar bilan uchrashganda qo‘zg‘aluv chi retseptorlari bor. Bunda ular yot oqsil va hujayra- larni parchalovchi fermentlar ajratadi. Immunitet – organizmni tashqi muhitdan kiruvchi yot hujay- ra va moddalardan yoki unda hosil bo‘luvchi antigenlardan bio- logik himoya. Mikroblar, viruslar, ovqatdagi va havodagi zarar- li birikmalar, o‘lik to‘qimalar va o‘zgargan hujayralar antigen bo‘lishi mumkin. Immunitetning hujayra mexanizmi asosida I.I.Mechnikov och gan fagositoz – ya’ni leykositlarning bakteriyalar, mayda zarrachalar, hujayralar bo‘laklarini yutish va ularni hazm qilish xususiyati yotadi. Neytrofillar, bazofillar, eozinofillar va mono- sitlar fagositlar hisoblanadi. Monositlar yallig‘lanish o‘chog‘iga borib, 100 tagacha bakteriyalarni yuta oladigan makrofaglarga aylanadi. Antigen-antitela majmuyi fagositlar tomonidan ushlab olib h azm qilinadi. Fagositoz immunitetni birdan bir mexani- zmi emas. Qon plazmasida bakteriotsid va antitoksik modda- lar aniq langan. Qonning globulinlaridan biri – interferon ko‘p viruslarni faolsiz lantirsa, proverdin va lizosim bir qator bak- teriyalarni parchalaydi, sitotoksinlar rak hujayralarini o‘ldira- di. Bu moddalar Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling