Anatomiya 2014. indd


-rasm. Orqa miyaning pardalari


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   422
Bog'liq
True

182-rasm. Orqa miyaning pardalari.
Orqa tomondan ko‘rinishi:
1–oldingi shox; 2–orqa shox; 3–oq modda;
4, 12–orqa ildiz; 5–oq qo‘shiluvchi tarmoq; 
6–kulrang qo‘shiluvchi tarmoq; 7–orqa miya ner-
vi; 8–orqa tarmoq; 9, 15–orqa miyaning qattiq 
pardasi; 10–orqa miyaning to‘r pardasi;
11–tishsimon boylam; 13–yumshoq parda;
14–orqa miya tuguni.


423
gichka subdural bo‘shliq bilan ajrab turadi. Yuqori tomonda bu 
bo‘shliq kalladagi shu nomli bo‘shliq bilan qo‘shilsa, past tomon-
da II dum g‘aza umurtqasi sohasida yopiq holatda tugaydi.
Orqa miyaning to‘r pardasi yupqa plastinka ko‘rinishiga ega. 
To‘r parda qattiq pardaning ichida joylashib, u bilan umurtqala-
raro teshik sohasida birikadi. To‘r parda ichida orqa miya, orqa 
miya ildizlari, otning dumi va orqa miya suyuqligini saqlab turuv-
chi qopni hosil qiladi. To‘r parda yupqa, ammo pishiq. Uning 
asosini retikulyar biriktiruv chi to‘qima hosil qiladi, qon tomirlari 
yo‘q. To‘r parda ostida joylash gan yum shoq pardadan to‘r parda 
osti bo‘shlig‘i
 bilan ajrab turadi. Bu bo‘shliqda orqa miya suyuq-
ligi joylashadi. Yuqo rida bu bo‘shliq bosh miyaning shu nomdagi 
bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi. Pastga tomon to‘r parda osti bo‘shlig‘i 
kengayib, orqa miya nervlari ildizlarini o‘rab turadi.
Orqa miyaning yumshoq pardasi orqa miyaga yopishib turadi. 
U kollvagen tolalar va qon tomirlarga boy. Orqa miyaning suba-
raxnoidal bo‘shlig‘i orqa miyani o‘ng va chap tomondan ushlab 
turuvchi yumshoq parda qatlamlaridan hosil bo‘lgan tishsimon 
boylam vositasida oldingi va orqa qismlarga bo‘linadi. Bu qat-
lamlar bir tomondan orqa miyaning yon yuzasiga oldingi va orqa 
ildizlar o‘rtasiga biriksa, ikkinchi tomonda to‘r pardaga, so‘ngra 
u bilan birga qattiq pardaga birikadi va orqa miyani o‘rta holat-
da ushlab turadi. Bu boylam bosh lanishida yaxlit bo‘lib, so‘ng 
20–30 ta tishga ajralib ketadi. Bu boylamning yuqori tishi katta 
teshik sohasida, pastkisi esa XII ko‘krak va I bel nervlarining il-
dizlari sohasida joylashgan.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling