Anatomiya 2014. indd
Sinapslarda qo‘zg‘alishni o‘tkazish mexanizmi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tormozlanish.
Sinapslarda qo‘zg‘alishni o‘tkazish mexanizmi. Nerv hujay-
ralari o‘zaro sinapslar bilan birikkan bo‘lib, ular orqali qo‘zga- lish bir neyrondan ikkinchi neyronga o‘tadi. Sinapslar hujayra ta- nasida, dendritlarida va ak sonning periferik uchlarida joylasha- di. Sinapslar qo‘zg‘alish ni o‘tkazish mexanizmiga qarab, kimyo- viy va elektr turlariga bo‘linadi. Elektr o‘t kazuchanlikka ega si- naps yurak mushaklarida joylashadi. Kimyoviy o‘tkazuvchanlik- ka ega sinapslar sinaptik tugunchalardan, sinaps oldi mem brana, kengligi 30 nm bo‘lgan sinaps yorig‘i va sinaps orqa membrana- sidan iborat bo‘ladi. Sinaps tugunchalarida mediator 3 mln y aqin mayda pufakchalarda saqlanadi. Nerv impulsi ta’sirida akson- ning uchida ro‘y bergan depolyarizatsiya unda Ca++ konsentrat- siyasini oshiradi va sinaptik pufakchalar tarkibi sinaptik yoriq- qa chiqadi. Ca++ konsentratsiyasini oshishi mediatr ajralishini ishga tushuruvchi mexanizm rolini o‘ynaydi. Mediator sinaptik yoriqdan o‘tib sinaps orqa membrananing retseptor oqsillari bi- lan bog‘lanib, unda qo‘zg‘atuvchi possinaptik potensial, yoki tor- mozlovchi possinaptik potensial hosil bo‘lishini chaqiradi. Ney- ronlarda qo‘zg‘alish chaqiruvchi mediatorlarga atsetil-xolin, sero- tonin, dofamin kiradi. Neyronlarda tormozlanishni tormozlov chi media tor – gamma-aminoyog‘kislota chaqiradi. Elektr sinapslarda sinaps yorig‘i juda tor (1–2 nm), uni ora- sidan ionlar sinaps orqa membranasiga oson o‘tadigan naychalar kesib o‘tadi. Ta’sir potensiali bir hujayradan ikkinchisiga qarshi- liksiz, to‘xtamasdan o‘tadi. Bu yerda mediator bo‘lmaydi, qo‘zg‘a- lishni o‘tkazish mexanizmi nerv tolasidan o‘tkazishga o‘xshaydi. Tormozlanish. MNTda qo‘zg‘alish jarayoni bilan bir vaqtda, or ga nizmning qaysidir faoliyatini bajarishga qarshilik qiluvchi nerv markazlarini o‘chiruvchi tormozlanish jarayoni ham paydo bo‘ladi. Qo‘zg‘alish deb a’zoning faoliyatini chaqiradigan yoki bor faoliyat ni kuchaytiradigan herv jarayoniga aytiladi. Tormozlanish deb a’zo faoliyatini pasaytiradigan, to‘xtatadigan yoki uning pay- do bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan nerv jarayoniga aytiladi. Bu ik- ki faol jarayonning o‘zaro munosabati nerv faoliyati asosini tash- kil qiladi. Ingliz fiziologi Sherrington qo‘zg‘alish va tormozlanish ja- rayonlari barcha reflektor holatda uchrashini ko‘rsatdi. Bir guruh mushak lar qisqarganida antagonist mushaklar markazi tormozla- 419 nadi. Masalan, qo‘l y oki oyoqni bukkanda, yozuvchi mushaklar markazlari tormoz lanadi. Ref lektor holat antagonist mushaklar- ning payvasta (retsiprok) tormozlangandagina sodir bo‘ladi. Yur- ganda oyoqning bukilishi, yo‘zuvchi mu shaklarning bo‘shashishi bilan kuzatilsa, yoz ganda bukuvchi mushaklar tormozlanadi. Agar bu holat bo‘lmasa, mushaklarning mexanik kurashi, tortishish ke- lib chiqadi. Bukuvchi refleks chaqiruvchi sezuvchi nerv qo‘zg‘atilganda, impulslar bukuvchi mushaklar markaziga yo‘naladi va Renshou- ning tormozlov chi hujayralari orqali yozuvchi mushaklar mar- kaziga boradi. Birinchisida ular qo‘zg‘alish jarayonini chaqirsa, ikkinchisida tormozlanishni chaqiradi. Bunga javoban muvofiq- lashgan reflektor holat bukish refleksi hosil bo‘ladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling