Anatomiya 2014. indd


-rasm. Orqa miyaning ko‘ndalang kesmasi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   422
Bog'liq
True

181-rasm. Orqa miyaning ko‘ndalang kesmasi:
1–orqa shox; 2–orqadagi o‘rta egat; 3–orqadagi 
oraliq egat; 4–orqadagi lateral egat; 5–oldingi late-
ral egat; 6–oldingi o‘rta yoriq; 7–oldingi oq bitish-
ma; 8–oldingi shox; 9–yon shox.


422
Oldingi tizimchada asosan pastga tushuvchi: oldingi po‘stloq-
orqa miya, to‘rsimon modda – orqa miya, oldingi orqa miya – 
ko‘ruv bo‘r tig‘i, o‘rta miya tomi va orqa miya orasidagi dahliz – 
orqa miya yo‘llari joylashgan. 
Yon tizimcha tarkibida pastga tushuvchi va yuqoriga ko‘tariluv-
chi: orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi oldingi va orqa yo‘llar, 
po‘stloq – orqa miya lateral yo‘li, qizil o‘zak va orqa miya ora-
sidagi yo‘l o‘tadi. 
Orqa tizimchada orqa miya bilan miya po‘stlog‘i o‘rtasidagi 
propriotseptiv sezgi yo‘li yo‘nalgan bo‘lib, bo‘yin segmentlari so-
hasida u nozik va ponasimon dastalarga bo‘linadi. 
Orqa miya pardalari. Orqa miya uch qavat: tashqi qattiq, o‘rta 
tor va ichki yum shoq pardalar bilan o‘ralgan (182-rasm).
Orqa miyaning qattiq pardasi qon tomir va nervlarga boy zich 
biriktiruvchi to‘qimadan iborat. U orqa miyani va uning ildizla-
rini o‘rab umurt qalararo teshikka kirib ularning suyak pardasi-
ga birikib ketadi. Yuqori tomonda ensa suyagining katta teshigi 
chekkasiga birikib, bosh miya qattiq pardasiga o‘tib ketadi. Past-
da qattiq parda II–III dumg‘aza umurtqalari sohasida yopiq qop-
chiq shaklida tugaydi va 8 sm uzunlikdagi oxirgi ipga davom eta-
di. Oxirgi ip II dum umurt qasigacha davom etib, suyak pardaga 
birikib ketadi. 
Umurtqa pog‘onasini qoplagan suyak usti pardadan qattiq 
parda epi dural bo‘shliq vositasida ajrab turadi. Bu bo‘shliqda yog‘ 
to‘qimasi bo‘lgan yumshoq biriktiruvchi to‘qima va ichki umurtqa 
vena chigallari joylashgan. Bundan tashqari orqa miyaning qat-
tiq pardasidan chiquv chi ko‘p sonli fibroz 
tolalar umurt qa pog‘onasining orqa bo‘yla-
ma boylamiga birikadi. Orqa miyaning qat-
tiq pardasini ichki yuzasi to‘r pardadan in-

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling