Anatomiya 2014. indd


-rasm. Bosh miyaning asosi va


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   422
Bog'liq
True

183-rasm. Bosh miyaning asosi va 
undan bosh miya nervlari ildizlarini 
chiqishi:
1, 25–hidlov piyozchasi; 2–hidlov 
trakti; 3–oldingi ilma-teshik modda; 
4–kulrang tepacha; 5–ko‘ruv trakti; 
6–so‘rg‘ichsimon tana; 7–uch shoxli 
nerv tuguni; 8–orqa ilma-teshik mod-
da; 9–ko‘prik; 10–miyacha;
11–uzunchoq miyaning piramidasi; 
12–oliva; 13–orqa miya nervi; 14–til 
osti nervi; 15–qo‘shimcha nervi; 16– adashgan nerv; 17–til-halqum nervi; 
18–dahliz-chig‘anoq nervi; 19–yuz nervi; 20–uzoqlashtiruvchi nerv;
21–uch shoxli nerv; 22–g‘altak nervi;23–ko‘zni harakatlantiruvchi nerv; 
24–ko‘ruv nervi.
BOSH MIYA
Bosh miya (cerebrum) uni o‘ragan pardalari bilan birga kal-
laning miya qismi ichida joylashadi. Uning ustki yon yuzasi kalla 
qopqog‘i ichki yuzasiga mos ravishda gumbaz hosil qiladi. Past-
ki yuzasi kallaning ichki asosidagi chuqurchalarga mos murakkab 
relyefga ega.
Bosh miyaning og‘irligi katta odamlarda 1100 dan 2000 g ga-
cha, o‘r tacha: erkaklarda – 1394 g, ayollarda – 1245 g, yangi 
tug‘ilgan chaqaloqlarda – 330–390 g. Homila davrida va bola 
hayo tining birinchi yillarida, bosh miya tez o‘sadi, 20 yoshlarda u 
o‘zining doimiy kattaligiga ega bo‘ladi.
Bosh miya uch yirik qismdan: bosh miya yarimsharlari, miya-
cha va miya so‘g‘onidan iborat.
Bosh miya markaziy nerv tizimining odamda kuchli taroq-
qiy etgan eng katta va faoliyat jihatidan ahamiyatga ega qismi. 
Bosh miyaning bo‘ylama yorig‘i uni o‘ng va chap yarimsharlar-
ga ajratadi. Yarim sharlar o‘zaro qadoq tana vositasida qo‘shilgan. 
Yarim sharlar orqa tomonda ko‘ndalang yorig‘ vositasida miya-
chadan ajrab turadi. Miya yarim sharlarining tashqi yuzasida turli 
chu qurlikdagi egatlar joy lashgan. Chuqur egatlar yarimsharlarni 
bo‘ laklarga ajratsa, mayda egatlar pushtalarni chegaralaydi.
Bosh miyaning pastki yuzasi yoki asosi (183-rasm) yarim-
sharlar, miyacha va miya so‘g‘o-
nining ventral qismlaridan hosil 


426
bo‘lgan. Uning oldingi qismlarida peshona bo‘lagining ostki yu-
zasida hidlov piyoz chasi joylashgan. Uning ventral yuzasiga bu-
run bo‘shlig‘idan g‘alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinka-
sidagi teshiklardan o‘tuv chi 15–20 hid lov nervlari – I juft bosh 
miya nervi keladi. Hid lov piyoz chasidan orqaga qarab hidlov yo‘li 
yo‘naladi. Uning orqa qism lari kengayib, hidlov uchburchagini 
hosil qiladi. Hidlov uchburchagining orqa tomonida ol dingi il-
ma-teshik modda joylashib, bu teshiklar or qali miya ichiga arte-
riyalar kiradi. Ilma-teshik modda oralig‘ida ko‘ruv nervi kesish-
masi joylashgan. U ko‘ruv nervi – II juft bosh miya nervi tola-
laridan hosil bo‘ladi. Ko‘ruv nervi orqa tomonga ko‘ruv trak-
ti bo‘lib davom etadi. Ko‘ruv nervi kesish masining orqa tomoni-
da kulrang tepacha yotadi. Uning pastki qismi torayib, quyg‘ichni 
hosil qiladi. Quyg‘ichning uchida ichki sekretsiya bezi gipofiz tu-
radi. Kulrang tepachaning orqa tomonida oq sharsimon shakldagi 
ikkita so‘rg‘ichsimon tana bor.
So‘rg‘ichsimon tananing ikki yon tomonida bo‘ylamasiga 
joylash gan ikkita yo‘g‘on oq to‘sinlar singari miya oyoqchalari 
joylashgan. Ular o‘rtasida oyoqchalararo chuqurcha bo‘lib, uning 
tubini orqa ilma-teshik modda hosil qiladi. Bu teshiklar orqa-
li miya ichiga qon tomirlar kiradi. Miya oyoqchalarining ichki 
yuza sidan III juft bosh miya nervi ko‘zni harakatlantiruvchi nerv-
ning ildizi ko‘rinadi.
Miya oyoqchalarining tashqi yuzasidan IV juft bosh miya ner-
vi g‘altak nervining ildizi chiqadi. Miya oyoqchalari orqa tomon-
da ko‘ndalang bolish shaklidagi ko‘prikka borib taqalgan. 
Ko‘prikning tashqi qismlari miyacha tomon yo‘nalib, miya-
chaning o‘rta oyoqchasini hosil qiladi.
Ko‘prik bilan miyachaning o‘rta oyoqchasi chegarasida V juft 
bosh miya nervi uch shoxli nervning ildizi ko‘rinadi. Ko‘prikdan 
past da uzun choq miyaning ventral qismi joylashgan. Unda o‘zaro 
oldingi o‘rta yorig‘ bilan ajralgan uzunchoq miyaning piramidasi, 
ulardan tashqarida esa yumaloq tepacha oliva ko‘rinadi. Ko‘prik 
bilan piramidaning o‘rtasidan VI juft bosh miya nervi uzoqlashti-
ruvchi nerv ning ildizi chiqadi. Undan chekkaroqda miyachaning 
o‘rta oyoq chasi bilan oliva o‘rtasidan ketma-ket joylashgan VII 
juft yuz nervi va VIII juft dahliz-chig‘anoq nervining ildizi chiqa-
di
Uzunchoq miyaning olivasi orqasidagi egatdan birin-ketin IX 
juft til-halqum nervi, X juft adashgan nerv va XI juft qo‘shimcha 


427
nerv ning ildizlari chiqadi. XII juft til osti nervining ildizi esa pi-
ramida bilan oliva o‘rtasidagi egat dan chiqadi.
Bosh va orqa miya pushtning tashqi varog‘i – ektodermadan ri-
voj lanadi. Tananing dorsal qismida ektoderma hujayralaridan nerv 
plastinkasi hosil bo‘lib, keyinchalik nerv nayiga aylanadi. Nerv nayi-
ning oldingi qismi pusht taroqqiyotining uchinchi haftasida ken-
gayib, bir-biridan nerv nayining uncha katta bo‘lmagan toraymala-
ri bilan ajragan uchta: oldingi, o‘rta va orqa birlamchi miya pufak-
chalarini hosil qiladi. Homila taroq qiyotining ikkinchi oyida oldin-
gi va orqadagi birlamchi pufakchalar ikkiga bo‘linadi va bir-biriga 
qo‘shilgan beshta: oxirgi, oraliq, o‘rta, ort qi va uzunchoq miya pu-
faklari hosil bo‘ladi. Taraqqiyot davrida miya pufakchalari devori 
bir tekis o‘smaydi. Keyinchalik uzinchoq miya pufagidan uzunchoq 
miya hosil bo‘ladi, ortqi miya pufagining ventral qismidan ko‘prik, 
dorsal qismidan esa miyacha hosil bo‘ladi. Rombsimon miyaning 
umumiy bo‘shlig‘i IV qorinchaga aylanadi. O‘rta miya pufagidan 
miya oyoqchalari va to‘rt tepalik plastinkasi hosil bo‘ladi. Oraliq 
miya pufagi devori bir tekis o‘smaydi. Uning lateral devori sezilarli 
o‘sib ko‘ruv bo‘rtig‘ini hosil qiladi. Uning yon devorlaridan yon to-
monga ko‘z pufakchalari o‘sib chiqadi, orqa devoridan esa g‘urrasi-
mon bez (epifiz) taroqqiy etadi. Pastki devoridan kulrang do‘mboq, 
quyg‘ich va gipofizning orqa bo‘lagi hosil bo‘ladi. Oraliq miya pu-
fagi bo‘shlig‘idan III qorincha hosil bo‘lib, u o‘rta miyaning suv 
yo‘li vositasida IV qorincha bilan qo‘shiladi. Oxirgi miya pufagi ik-
kita yarimsharga bo‘linganidan keyin uning bo‘shlig‘i yon qorincha-
larga aylanadi. Orqa miya nerv nayining pastki qismidan rivojlana-
di, unung qoldiq bo‘shlig‘i esa orqa miyaning markaziy kanaliga ay-
lanadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling