Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 184-rasm. Miya so‘g‘oning oldingi yuzasi
Uzunchoq miya
Uzunchoq miya (meddulla oblangata) orqa miyaning bevo- sita davomi bo‘lib, rombsimon miyaning pastki qismidir. Uning tash qi tuzilishi orqa miyaga, ichki tuzilishi bosh miyaga o‘xsha- gani uchun myelencephalon deb ataladi (184-rasm). Uning past- ki chegarasi katta teshik sohasida yoki I juft orqa miya nervi ildi- zining yuqo ri chekkasida. Yuqori chegarasi old yuzasida ko‘prik- ning pastki chekkasida bo‘lsa, orqa yuzasida miya hoshiyalari- ga to‘g‘ri keladi. Uzunchoq miyaning yuqori qismlari kengayib, 428 piyozcha shaklini olgani uchun uni miya piyozchasi deb ham atashadi. 184-rasm. Miya so‘g‘oning oldingi yuzasi: 1–ko‘ruv nervi kesishmasi; 2–ko‘ruv trakti; 3–oldingi ilma-teshik modda; 4–so‘rg‘ichsimon tana; 5–ko‘prik; 6–parcha; 7–miyacha; 8–IV qorinchaning tomirli chigali; 9–piramida tolalarining kesishmasi; 10–uzunchoq miyaning pi- ramidasi; 11–oliva; 12–miyachaning o‘rta oyoqcha- si; 13–bosh miyaning oyoqchasi; 14–kulrang tepa- cha; 15–quyg‘ich. Uzunchoq miyada muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvini boshqaruvga aloqador bo‘lgan kulrang o‘zak- lar hamda qon aylanishi va nafas markazlari joylashgan. Uzunchoq miyaning uzunligi o‘rtacha 2,5 sm. Unda oldingi, orqa va yon yuzalari tafovut qilinib, ular o‘zaro egatlar yordami- da ajralib turadi. Bu egatlar orqa miya egatlarining davomi bo‘lib, o‘sha nomlar bilan ataladi. Uzunchoq miyaning oldingi yuzasidagi oldingi o‘rtadagi yoriqni ikki tomonida bo‘rtib chiqqan uzunchoq miyaning piramidasi joylashgan. Piramidalar harakatlantiruvchi nerv tolalaridan iborat bo‘lib, orqa miyaga o‘tish joyida qisman kesishib, piramida tolalarining kesishmasini hosil qiladi. Kesishgan tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga davom etadi. Kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasi tarkibida yo‘naladi. Ol- dingi yon egat piramidaning oval shaklidagi tepalik olivadan ajra- tib turadi. Oliva tish simon tuzilishga ega bo‘lgan kulrang modda to‘plami oliva o‘zagining joylashshidan hosil bo‘lgan. Uzunchoq miyaning dorsal yuzasida orqadagi o‘rta egatni yon tomonlarida o‘zaro oraliq egat bilan bo‘lingan orqa miyaning nozik va pona- simon dastalari kengayib, do‘m boqchalar hosil qiladi (185-rasm). Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling