Anatomiya 2014. indd


-rasm. Кo‘ruv bo‘rtig‘ining chizmasi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet361/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   422
Bog'liq
True

192-rasm. Кo‘ruv bo‘rtig‘ining chizmasi:
1–ko‘ruv bo‘rtig‘ining oldingi do‘mboqchasi; 
2–ko‘ruv bo‘rtig‘ining mag‘iz varaq lari; 3–ko‘ruv 
bo‘rtig‘i orasidagi bitishma; 4–yugancha uchbur-
chagi; 5, 10–ko‘ruv bo‘rtig‘ining yostiqchasi; 
6–tom plastinkasi; 7–g‘urrasimon bez; 8–yugan-
chalarning bitishmasi; 9–yugancha;
11–uchinchi qorincha.


437
medial tizzasimon tana pastki tepalik bilan birgalikda po‘stloq os-
ti eshituv markazi hisoblanadi.
Ko‘ruv bo‘rtig‘ining usti sohasiga g‘urrasimon bez kiradi. U 
yugan cha yordamida o‘ng va chap ko‘ruv bo‘rtig‘ining medial 
yuzasiga birikadi. Yugancha o‘ng va chap talamuslarning miya 
hoshiyasiga birikkan joyida yugancha uchburchagi hosil bo‘la-
di. Yuganchani oldingi g‘urrasimon bez birikkan qismi o‘zaro bi-
tishma hosil qiladi. G‘urrasimon bezning old va past tomonidan 
ko‘ndalang yo‘nalgan tolalar – epitalamik (orqa) bitishma joy-
lashgan.
Bo‘rtiq osti sohasi III qorinchaning tubini hosil qilishda ishti-
rok etadi (193-rasm). Uning tarkibiga ko‘ruv nervlar kesishma-
si, ko‘ruv yo‘li, kulrang do‘mboq, quyg‘ich, gipofiz va so‘rg‘ich-
simon tana kiradi. Bo‘rtiq osti sohasi faoliyat jihatidan ikki: ol-
dingi ko‘ruv qismi: tarkibiga kulrang do‘mboq, quyg‘ich, gipofiz, 
ko‘ruv nervlar kesishmasi va ko‘ruv yo‘li kiradi. Orqa hidlov qis-
miga so‘rg‘ichsimon tana va bo‘rtiq osti sohasida joylashgan Lyuis 
tanasi kiradi.
Gipotalamusda 30 dan ortiq o‘zaklar bo‘lib, ularning shakli va 
hajmi har xil. Gipotalamus o‘zaklarining nerv hujayralari sekret 
ish lab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lib (neyrosekret), bu sekret 
shu hujayra o‘siqlari orqali gipofizga boradi. Bu o‘zaklarni gi-
potalamusning neyrosekretor o‘zaklari deyiladi. Ularga gipota-
lamusning oldingi sohasida joylashgan ko‘ruv bo‘rtig‘i ustidagi 
o‘zak va bo‘rtiq osti sohasining qorincha atrofidagi o‘zagi kira-
di. Bu o‘zaklar hujayralari o‘siq lari gipotalamo-gipofizar dasta-
ni hosil qilib, gipofizni orqa bo‘lagida tugaydi. Gipotalamusning 
orqa hidlov sohasida joylashgan juft so‘rg‘ichsimon tana diametri 
0,5 sm keladigan yumaloq oq moddadan iborat. Oq moddaning 
ichida kulrang modda, so‘rg‘ichsimon tananing medial va lateral 
o‘zaklari joylashgan. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling