Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fiziologiyasi.
O‘rta miya O‘rta miya (mesencephalon) bosh miyaning nisbatan sod- da tu zilish ga ega qismi. O‘rta miyaning ventral yuzasi yuqoridan (oldindan) ko‘ruv yo‘llari va so‘rg‘ichsimon tana, orqadan esa ko‘prikning oldingi chekkasi bilan chegaralanadi. O‘rta miya ikki asosiy qismdan: o‘rta miyaning tomi yoki to‘rt tepalik plastinkasi va bosh miyaning oyoqchasidan iborat. O‘rta miyaning tomi o‘zaro to‘g‘ri burchak hosil qilib kesish- gan bo‘ylama va ko‘ndalang egatlar bilan ajragan to‘rtta tepa- likdan iborat. Ikkita ustki tepalikda po‘stloq osti ko‘ruv marka- zi, ikkita pastki tepalikda esa po‘stloq osti eshituv markazi joy- lashgan. Ustki tepaliklar o‘rtasidagi egatda g‘urrasimon bez en- gashib turadi. Har bir tepalikdan lateral tomonga qarab tepacha qo‘lchalari yo‘naladi. Ustki tepalik qo‘lchasi lateral tizzasimon tanaga qarab yo‘nalib, qisman ko‘ruv yo‘liga o‘tib ketadi. Pastki tepalik qo‘lchasi esa medial tizzasimon tanaga yo‘naladi. Miya oyoqchalari ko‘prikning yuqori chekkasidan boshlanib, oldinga va tashqariga qarab yo‘nalgan juft oq ustunchalar shaklida bo‘lib, oxirgi miya yarimsharlari ichiga kirib ketadi. Ular o‘rta- sidagi chuqurlik oyoq chalararo chuqurlik deb ataladi. Bu soha- 435 da orqa ilma-teshik modda va III juft bosh miya nervi chiqadi- gan egat joyla shadi. O‘rta miyaning kesmasida (191-rasm) miya oyoq chasini qora modda ikki qismga: orqa o‘rta miya qoplamasi va oldingi miya oyoq chasining asosiga ajratadi. Qora modda miya oyoqchasining bor bo‘yiga ko‘prikdan to oraliq miyagacha cho‘zilgan bo‘lib, faoliyat jihatidan ekstrapira- mida tizimiga kiradi. Uning hujayralari tarkibidagi melanin pig- menti qoramtir rang beradi. Miya oyoqchasining qopqoq qismida pastki tepachalar soha- si dan talamusgacha cho‘zilgan cho‘zinchoq shakldagi qizil o‘zak joy lashgan. O‘rta miya suv yo‘li uzunligi 1,5 sm keladigan tor kanal. Uning atrofida markaziy kulrang modda ichida, suv yo‘li tubida III va IV juft bosh miya nervi o‘zaklari joylashgan. Mar- kaziy kulrang moddaning tashqi qismlarida V juft bosh miya nervining o‘rta miya o‘zagi yotadi. O‘rta miyaning qopqoq qis- midan afferent (sezuvchi) o‘tkazuv yo‘llari o‘tadi. Miya oyoqchasining asosi oq moddadan iborat bo‘lib, harakat- lan ti ruvchi o‘tkazuv yo‘llaridan iborat. Fiziologiyasi. O‘rta miya mushak tonusini boshqarishda, tik turish va yurishni ta’minlovchi, o‘rnatuvchi va to‘g‘rilovchi ref- lekslarni paydo bo‘lisida muhim rol o‘ynaydi. O‘rta miya shikast- langanda mu shak tonusi, ayniqsa, yozuvchi mushaklar tonusi tez oshib ketadi. O‘rta miyaning sezuvchi o‘zaklari bir qator ahamiyatga ega ref lektor faoliyatlarni bajaradi. Ustki tepalikda joylashgan o‘zak- lar po‘st loq osti ko‘ruv markazlaridir. Ular ko‘zning to‘r parda- sidan impulslar ni qabul qilib, moslashuv refleksida, ya’ni bosh- ni yorug‘likka burish da ishtirok etadi. Bunda ko‘z qoraqchig‘ini o‘lchami va akkomoda tsiya o‘zgarib, buyum aniq ko‘rinadi. Pastki tepalikda joylashgan o‘zak eshituv po‘stloq osti mar- kazidir. Ular tovushga moslashish refleksida, ya’ni boshni tovush kelgan tomonga burishda ishtirok etadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling