Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet360/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   422
Bog'liq
True

Oraliq miya
Oraliq miya (diencephalon) murakkab tuzilishga ega. U o‘rta 
miya bilan oxirgi miya oralig‘ida joylashgan. Taraqqiyoti va fao-
liyatiga ko‘ra oraliq miyani ikki qismga: 1. Orqa (dorsal) filoge-
nez nuqtayi nazaridan yangi, afferent yo‘llar markazi bo‘rtiq so-


436
hasi. 2. Oldingi (ventral) filogenez jihatidan eski, oliy vegetativ 
markaz bo‘rtiq osti sohasidan iborat.
Bo‘rtiq sohasi, o‘z navbatida, ko‘ruv bo‘rtig‘i, ko‘ruv bo‘rtig‘i-
ning orqa sohasi va ko‘ruv bo‘rtig‘ining usti sohalariga bo‘li-
nadi.
Ko‘ruv bo‘rtig‘i III qorinchaning ikki yon tomoniga joylash-
gan oval shakldagi kulrang modda to‘plamidan iborat (192-rasm). 
Uning oldingi uchi torayib, ko‘ruv bo‘rtig‘ini oldingi do‘mboq-
chasi, orqa uchi esa kenga 
yib, ko‘ruv bo‘rtig‘ini yostiqchasi-
ni hosil qiladi. Ko‘ruv bo‘rtig‘ining medial yuzasi III qorincha 
bo‘shlig‘ining yon devorini, ustki yuzasi esa yon qorinchalar mar-
kaziy qismining tubini hosil qiladi.
O‘ng va chap ko‘ruv bo‘rtiqlarining ichki yuzasi o‘zaro ko‘ruv 
bo‘r tig‘i orasidagi bitishma vositasida qo‘shiladi. Uning lateral 
yuza si ichki kapsulaga tegib turadi. Pastdan va orqadan o‘rta 
miyaning qopqoq qismi bilan chegaralanadi. Ko‘ruv bo‘rtig‘ida 40 
ga yaqin hujayralar to‘plami (o‘zaklar) bo‘lib, ular o‘zaro yupqa 
oq modda qatlami
vositasida ajralib turadi. Ularning asosiylari 
oldingi, medial, lateral, markaziy, ventrolateral va orqa o‘zaklar-
dir. Ko‘ruv bo‘rtig‘ining faoliyati juda muhimdir. U po‘stloq os-
ti sezuv markazi bo‘lib, unda bosh miya po‘stlog‘iga boruvchi af-
ferent yo‘llarning II neyroni tugaydi. Oldingi o‘zakda so‘rg‘ich-
simon tanadan keluvchi va ko‘ruv bo‘rtig‘ini hidlov sohasi bi-
lan bog‘lovchi Vik-d-Azir yo‘li tugasa, ventrolateral o‘zakda me-
dial qovuzloq tugaydi. Yostiqcha esa po‘stloq osti ko‘ruv markazi 
bo‘lib, unda ko‘ruv yo‘li tolalari tugaydi.
Ko‘ruv bo‘rtig‘ining orqa sohasi juft: lateral va medial tizza-
simon tanalardan iborat. Tizzasimon tanalar cho‘zinchoq oval 
shaklida bo‘lib, o‘rta miya tomidagi tepaliklar bilan ularning 
qo‘lchalari vositasida bog‘ langan. Lateral tizzasimon tana ustki 
tepalik va yostiqcha bilan birgalikda po‘stloq osti ko‘ruv markazi, 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling