Anatomiya 2014. indd
Markaziy nerv tizimining umumiy fiziologiyasi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 179-rasm. Propriotseptiv refleksni hosil qilish va tizza refleksi reflektor yoyi.
- Refleks vaqti
Markaziy nerv tizimining umumiy fiziologiyasi
I.M. Sechenov ta’biri bo‘yicha nerv tizimining faoliyati reflek- tor xarakterga ega. Organizmning tashqi yoki ichki muhit ta’si- riga MNT ishtirokida qaytargan javob reaksiyasi refleks deyila- di. Nerv impulsini retseptordan effektorgacha o‘tadigan yo‘li ref- lektor yoyi deb ataladi. Ref lektor yoyi beshta qismdan iborat: 1) retseptor – tashqi y oki ichki muhitning ta’sirotlarini qabul qilish- ga ixtisoslashgan tuzilma; 2) qo‘zgalishni markazga o‘tkazuvchi sezuvchi neyron; 3) orqa yoki bosh miyada joylash gan nerv mar- kazida qo‘zg‘alish sezuvchi neyrondan harakatlantiruvchi neyron- ga o‘tadi; 4) nerv impulsini markaz dan ishchi a’zoga yetkazuvchi harakatlantiruvchi neyron; 5) tegishli faoliyatni bajaruvchi ishchi a’zo – mushak yoki bez. Retseptor qabul qilgan har qanday ta’sirot retseptorda nerv impulsiga aylanadi va sezuvchi tolalar orqali markaziy nerv tizi- miga yo‘naladi. Bu yerda ma’lumotlar tahlil qilinadi va harakat- lantiruvchi nerv hujayralariga o‘tkaziladi, undan nerv impulslari ishchi a’zolarga (mushak, bez) yuborilib, ularda ma’lum bir fao- liyatni keltirib chiqaradi (harakat, sekretsiya). Javob reaksiya- si vaqtida ishchi a’zoni re tseptorlari qo‘zg‘aladi va undan MNT ga bajarilgan ish haqida ma’lumot keladi. Tirik organizm qaytar aloqa prinsipi asosida ishlaydi. Afferent impulslar qaytar aloqani bajaradi yoki uni to‘xtatadi. Shunday qilib, P.K. Anoxin ko‘rsat- ganidek, «pefleks reflektor yoyi bilan emas (179-rasm), balki pef lektor halqa bilan bajari- ladi va natijaga erishilgandan keyin tugaydi». Refleks orga- nizmni tashqi muhitga nozik, 179-rasm. Propriotseptiv refleksni hosil qilish va tizza refleksi reflektor yoyi. 416 aniq mosla shuvini ta’minlaydi va organizm ichidagi faoliyatla- rini boshqaradi. Refleks nerv faoliyatining vazifaviy birligidir. Har qanday ref leksni bajarish uchun reflektor yoyining barcha qism lari butun bo‘lishi kerak. Birorta qismning buzilishi refleks- ni yo‘qolishiga olib keladi. Refleks vaqti. Refleks vaqti deb ta’sir berilgan vaqtdan un- ga javob hosil bo‘lguncha o‘tgan vaqtga aytiladi. U retseptor- ni qo‘zg‘atish ga, qo‘z g‘alishni sezuvchi tolalar, MNT, harakat- lantiruvchi tolalar va ish chi a’zoni qo‘zg‘alishiga ketgan vaqt- lar yig‘indisidan iborat. Bu vaqtning katta qismi qo‘zg‘alishni nerv markazlariga o‘tkazish ga (refleksning markaziy vaqti) ke- tadi, chunki MNT sinapslarida qo‘zg‘alishni o‘tkazish sekin- lashadi, buni sinapsda ush lab qolish deb ataladi. Reflektor yoy tarkibiga qancha kam neyron kirsa, ref leks vaqti shuncha kam bo‘ladi. Shuning uchun pay cho‘zilganda hosil bo‘ladigan ik- ki neyron dan iborat pay reflekslari ancha tez. Ularning vaq- ti bor yo‘g‘i 19–23 ms, qachonki ko‘zni ta’sirlaganda chaqirila- digan ko‘zni qisish refleksi vaqti 50–200 ms. Avtonom ref leks- larning vaqti eng ko‘p bo‘ladi. Refleks vaqti ta’sirot kuchi va MNTning qo‘zg‘aluvchanligiga bog‘liq. Kuchli ta’sirotda u qis- qa, qo‘zg‘aluvchanlik pasayganida u uzayadi, qo‘zg‘aluvchanlik oshganida sezilarli kamayadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling