Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Bosh va bo‘yin. Boshning limfa tomirlari qon tomirlar yo‘na-
lishida yuqoridan pastga qarab yo‘naladi. Ular bosh bilan bo‘yin o‘rtasida joylashgan limfa tuguni to‘plamlariga quyiladi. Bu to‘plamlar quyidagilar: ensa qon tomirlari yo‘nalishida joylash- gan ensa limfa tugunlariga bosh ning ensa sohasidan keluvchi lim- fa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan olib ketuvchi limfa tomir- lari bo‘yinning lateral chuqur tugunlariga quyiladi. So‘rg‘ichsi- mon o‘simta tugunlari quloq suprasining orqasida joylashib, ular- ga quloq suprasi va boshning tepa qismi limfa tomirlari keladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari quloq oldi va bo‘yinning yuzaki tugunlariga quyiladi. Quloq oldi bezi sohasida tashqi joylashgan quloq oldi yuza- ki lim fa tugunlari va bcz bo‘laklari orasida joylashgan quloq oldi chuqur limfa tugunlariga boshning peshona, tepa sohalari, quloq suprasi, tash qi eshituv yo‘lagi, eshituv nayi, quloq oldi bezi va yu- qori lablar limfa tomirlari keladi. Bu tugunlardan chiquvchi olib ketuvchi limfa tomirlari bo‘yinning yuza va chuqur limfa tugun- lariga boradi. Halqumning orqasida va yon devorlarida joylashgan halqum orqasidagi limfa tugunlariga halqum devoridan, burun bo‘shli- g‘i va burun ning yon bo‘shliqlari shilliq pardasi, tanglay va til murtaklaridan, eshituv nayi va nog‘ora bo‘shlig‘i limfa tomirla- 409 ri keladi. Bu lim fa tugunlaridan bosh langan olib ketuvchi lim fa tomir lar bo‘yinning lateral chuqur guruh limfa tugunlariga bo- radi. Jag‘ osti uchburchagida joylashgan pastki jag‘ limfa tugunlari- ga yuz terisi, qovoqlar, burun, lab, lunj limfa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari bo‘yinning lateral chuqur limfa tugunlariga quyiladi. Bo‘yinning chuqur limfa tugunlari bo‘yinning old va yon to- monlarida joylashgan. Ularning oldingi guruhiga hiqildoq oldi lim fa tugunlari, Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling