Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   422
Bog'liq
True

O‘ng limfa yo‘li (ductus limfaticus dexter) uzunligi 10–12 
mm bo‘lib (18,8 % holatda), o‘ng o‘mrov osti,
o‘ng bo‘yintu-


405
ruq
va o‘ng bronx va ko‘ks oralig‘i limfa poyalarning qo‘shi-
lishidan hosil bo‘ladi. O‘ng limfa yo‘li o‘ng ichki bo‘yinturuq va 
o‘mrov osti venalarining birikish bur chagiga yoki ichki bo‘yin-
turuq venaga quyiladi. Ko‘pincha, (81,2 % holatda) o‘ng limfa 
yo‘li bo‘lmasdan, uni hosil qiluvchi poyalar alohida-alohida o‘ng 
vena burchagiga, o‘ng ichki bo‘yinturuq yoki o‘ng o‘mrov osti 
venasiga quyiladi.
Tananing ayrim sohalari limfa tomirlari va tugunlari
Oyoq sohasi. Oyoq sohasida yuza va chuqur joylashgan lim-
fa to mir lari tafovut qilinadi. Yuza limfa tomirlar teri va teri osti 
yog‘ kletchatkasi, limfa kapillyarlaridan hosil bo‘lib uch guruhga 
bo‘linadi. Medial guruh tomirlari I–III barmoqning ustki yuza-
si va oyoq kaftining ichki yuza si, boldirning ichki va orqa medial 
yuzalaridan bosh lanib, katta yashirin vena bilan yuza chov tugun-
lariga yo‘naladi. Lateral guruh tomirlari IV–V barmoq oyoq kaf-
tining tashqi qismi va boldirning lateral yuzasidan bosh lanib, tiz-
za bo‘g‘imiga yetmasdan medial tomirlarga qo‘shiladi. Orqa guruh 
tomirlari oyoq kaftining ost ki yuzasining tashqi chekkasi va tovon 
sohasidan boshlanib, kichik yashirin vena bilan birga taqim limfa 
tugunlariga boradi.
Oyoqning chuqur limfa tomirlari – mushaklar, bo‘g‘imlar va 
suyak lar limfa kapillyarlaridan hosil bo‘lib, boldir va sonning 
chuqur arteriya va venalari bilan birga yo‘nalib, chovning chuqur 
limfa tugunlariga quyiladi.
Oyoqda limfa tugunlari taqim va chov sohasida joylashadi. Ta-
qim lim fa tugunlari
 1–3 ta bo‘lib, taqim arteriyasi yonida joyla-
shadi. Chov lim fa tugunlari son ucnburchagi sohasida chov boy-
lami ostida joylashgan. Ular yuza va chuqur guruhlarga bo‘linadi. 
Chovning yuzaki tugunlari (4–20 ta)

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling