Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Ko‘krak qafasi. Ko‘krak qafasida ham parietal va visse-
ral lim fa tugunlari va tomirlari tafovut qilinadi. Ko‘krak qafa- sining ol dingi devorini ichki yuzasida to‘sh suyagining o‘ng va chap tomonida joy lashgan to‘sh atrofidagi tugunlariga ko‘krak qafa sining oldingi devori, plevra, perikarddan, shuningdek, past- ki qorin usti va ustki diafragma limfa tugunlari, sut bezlaridan kelayot gan limfa tomirlari quyiladi. O‘ng to‘sh atrofidagi tugun- lardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari o‘ng bo‘yinturuq poyasiga yoki paravenoz limfa tugunlariga, chap to‘sh atrofida- gi tugun lardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari esa aorta oldi lim fa tugun lariga, shuningdek, ko‘krak limfa yo‘li va chap bo‘yinturuq poyalariga quyiladi. Qovurg‘alararo oraliqning umurtqa pog‘onasi yaqinida joy- lash gan qovurg‘alar orasidagi tugunlarga ko‘krak qafasining or- qa devori limfa tomirlari yo‘naladi. Ulardan chiqqan olib ketuv- chi limfa tomirlari ko‘krak limfa yo‘liga, ustki tugunlardan esa bo‘yinning chuqur lateral tugunlariga quyiladi. Diafragmaning ust ki tugunlariga diafragma, perikard, plev ra va jigarning dia- fragma yuzasidan kelayotgan limfa tomirlari quyiladi. Ulardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari to‘sh atrofidagi, orqa ko‘ks oralig‘i, past ki traxeya va bronxlarning pastki, bronx va o‘pka tu- gunlariga quyiladi. Ko‘krak qafasining visseral tugunlaridan yuqorigi kavak vena va aorta ravog‘ining oldingi yuzasida joylashgan oldingi ko‘ks ora- lig‘i limfa tugunlariga yurak, perikard, ayrisimon bez limfa tomir- lari va bronx va o‘pka, traxeya va bronxlar tugunlaridan olib ke- luvchi limfa tomirlari quyiladi. Oldingi ko‘ks oralig‘i limfa tugun- laridan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari o‘ng va chap vena burchaklariga yo‘naladi. 408 Ko‘krak aortasi va qizilo‘ngachning yonida joylashgan qizil- o‘ngach limfa tugunlariga orqa ko‘ks oralig‘i a’zolaridan kela- yotgan limfa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ke- tuvchi limfa tomirlari ko‘krak limfa yo‘liga quyiladi. O‘pka dar- vozasi sohasida joylashgan bronx va o‘pka tugunlarga o‘pka lim- fa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi lim- fa tomirlari traxeya va bronxlarning ustki va pastki tugunlarga yo‘naladi. Traxeya va bronxlarning pastki limfa tugunlari kekirdakning bosh bronxlarga bo‘lingan joyida joylashsa, o‘ng va chap traxeya va bronxlarning ustki tugunlari kekirdakning atrofida joylasha- di. Bu guruh tugunlarga bronx va o‘pka hamda boshqa visseral tugunlardan keluvchi limfa tomirlari quyiladi. O‘ng traxeya va bronxlar ning ustki tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa to- mirlari o‘ng bronx va ko‘ks oralig‘i poyasini hosil qiladi. Chap traxeya va bronx larning ustki tugunlarining olib ketuvchi limfa tomirlari ko‘krak lim fa yo‘liga quyiladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling