Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
gumoral immunitetni ta’minlaydi. Odam hayo-
412 ti davomida orga nizmda turli kasallik chaqiruv chi agentlarga qarshi antitelalar ish lab chiqariladi. Ular ham asosiy rolni lim- fositlar o‘ynagan gumoral immunitetni hosil qiladi. Odamga tirik, kuchsizlantirilgan yoki o‘lik mikrob va virus- lardan tayyorlangan maxsus antigenlari bo‘lgan vaksinalarni yu- borish, unung organizmida shunga mos antitelalar ishlab chiqa- radi va shu bilan birga ma’lum yuqumli kasalliklarga qarshilik – orttirilgan immunitet hosil bo‘ladi. Taloq Taloq immun tizimining periferik a’zosi. Taloq qon shaklli elementlarini hosil qilishda va modda almashinuvida ishtirok etadi. U toq a’zo bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ida chap IX–XI qo- vurg‘a sohasida joylashadi. Uning uzunligi katta odamlarda 10– 14 sm, kengligi 6–10 sm, qalinligi 3–4 sm, og‘irligi o‘rtacha er- kaklarda – 192 g, ayollarda – 153 g. U cho‘zinchoq oval shakli- da bo‘lib, rangi to‘q qizil, ushlab ko‘rganda, yum shoq. Taloq- da (178-rasm) ikki: yuqori va tashqi tomonga qaragan silliq dia- fragmaga qaragan yuza, oldinga va ichki tomonga qaragan a’zo- larga qaragan yuza tafovut qilinadi. A’zolarga qaragan yuzasi- da taloq darvozasi joylashgan. Uning a’zolarga qaragan yuzasi- da qo‘shni ichki a’zolar tegib turadigan qismlari bor. Taloq dar- vozasi oldida ko‘ringan osh qozonga qaragan yuza osh qozonni tubiga tegib turadi. Taloq darvozasi orqasida joylashgan buyrak- ka qaragan yuza chap buyrakning yuqori uchi va chap buyrak usti beziga, taloq darvozasidan pastda uning oldingi uchiga yaqin joylash gan chambar ichakka qaragan yuza chambar ichakning chap bukilmasiga tegib turadi. Taloqning diafragmaga qaragan yuzasini oshqozon yuzasidan ajratadigan ustki cheti o‘tkir qirra- li bo‘lib, unda 2–3 ta ko‘ndalang o‘ymalar bor. Pastki cheti esa to‘mtoqroq. Taloqning orqa uchi yuma loq, yuqoriga va orqaga qaragan. Oldingi uchi o‘tkir, oldinga yo‘nalib, ko‘ndalang cham- bar ichakdan yuqorida yotadi. Taloq qo- Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling