Mavzu: O‘zbekistonda moliyaviy nazoratning rivojlanishining asosiy bosqichlari va uning xususiyatlari Reja


Download 90.84 Kb.
bet1/6
Sana14.05.2023
Hajmi90.84 Kb.
#1460516
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
feraaaaaaaaa


Mavzu: O‘zbekistonda moliyaviy nazoratning
rivojlanishining asosiy bosqichlari va uning

xususiyatlari
Reja

KIRISH 2
1.MOLIYAVIYNAZORATNINGIQTISODIYMOHIYATI VA 4
VAZIFALARI. 4
2.MOLIYAVIYNAZORATNING TURLARISHAKLLARI VA 11
USULLARI 11
3.KORXONALARDA MOLIYAVIYNAZORATNI 18
TASHKIL QILISH 18
4.KORXONALAR MOLIYASIDA SOLIQ NAZORATI VA UNI 23
TASHKIL QILISH TARTIBI 23
5.KORXONALAR MOLIYASININAZORAT QILISHDA ICHKIAUDITORLIK NAZORA TINING O'RNI. 29

KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror o‘sishini ta'minlashda asosiy rolni korxonalar o‘ynaydi, chunki ularda yalpi ichki mahsulot yaratiladi. Shuning uchun ham korxonalarni moliyaviy holatiga alohida e'tibor berilmoqda. Bunda ularning moliyasini nazorat qilish muhim ahamiyatga egadir.
Korxonalar moliyasi - moliya tizimining ajralmas qismi bo‘lib, uni nazorat qilish va faoliyatini samarali tashkil etilganligini baholash hozirgi davrning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki moliyaviy nazorat korxonalar moliyasini boshqarishning muhim elementi bo‘lib, ularning moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishini ta'minlab beradigan eng maqbul vositadir. Xo‘jalik- moliyaviy holatini baholash va tahlil etish jarayonida korxonaning iqtisodiy salohiyati namoyon bo‘ladi. Bu jarayonning to‘g‘ri olib borilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi sub'ektining faoliyati yaxshilanishi, resurslardan oqilona foydalanilishi, raqobatbardoshlik oshirilishi va boshqa zaruriy xulosalar chiqarilishiga imkon yaratadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy va iqtisodiy muammolari atroflicha o‘rganib chiqilib va ularning muqobil yechimlari, ularni bartaraf etish choralarini topishda moliyaviy nazoratning roli va ahamiyatini yanada chuqurroq asoslab berilishi zarur. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning moliyaviy barqarorligini hamda ularning sog‘lomligini ta'minlash, chet el korxonalariga raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, ularni samarali faoliyat olib borishlarini ta'minlab berishga doir qarorlar qabul qilish uchun samarali moliyaviy nazorat mexanizmini ishlab chiqish alohida ahamiyatga ega.
Amaliyotda korxonalar ustidan moliyaviy nazoratni kompleks tarzda olib
borilishi uchun nazariy va huquqiy bazaning takomillashmagani, korxonalar
tomonidan nazoratning mohiyati to‘liq tushunib yetilmagani, nazoratni olib
borish uslubiyotining cheklanganligi va chet el tajribalaridan to‘g‘ri
2
foydalanish masalalarining ko‘rib chiqilmagani moliyaviy nazoratni olib borishda bir qator salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Jumladan, nazoratning haddan tashqari cho‘zilib ketishi, belgilangan ish grafigiga amal qilmaslik oqibatida o‘tkazilayotgan nazorat korxonalar xo‘jalik faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, xo‘jalik sub'ekti tomonidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotning oshkor etilmasligi nazoratning ishonchligiga ta'sir ko‘rsatmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.
Kurs ishining maqsadi O‘zbekiston Respublikasida korxonalar moliyasining nazorat qilish usullari va ularni tashkil etish holatini o‘rgangan holda mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha bir qancha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:

  • moliyaviy nazoratning iqtisodiy mazmun va mohiyatini yoritib berish;

  • moliyaviy nazoratning turlari, shakllari va usullarini o‘rganish;

  • korxonalarni davlat tomonidan soliq nazoratini amalga oshirishni tahlil

qilish;
-xo‘jalik faoliyatida audit nazoratining ahamiyatini asoslab berish;
-korxonalar moliyaviy nazorati bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni yechish uchun nazariy va amaliy tavfsiyalar berishdan iborat.
1.MOLIYAVIYNAZORATNINGIQTISODIYMOHIYATI VA
VAZIFALARI.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyat sohasini doimiy ravishda kengaytirib borishga harakat qiladi. Ularning faoliyat doirasining turli sub'ektlari va sohalar bilan uzviy bog‘langanligi uni ma'lum darajada kompleks tizimga aylantiradi. Bu tizim ob'ektiv mavjud qonunlar (talab va taklif, raqobat va boshqalar) orqali o‘z o‘zini tartibga solib boradi. Shuningdek, xo‘jalik sub'ektlari faoliyati amaldagi qonun me'yorlari doirasida amalga oshirilayotgani, xo‘jalik sub'ektining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati belgilangan normativlar bo‘yicha amalga oshirilayotganini tekshirish uchun moliyaviy nazorat ob'ektiv zaruriy mexanizm sifatida maydonga chiqadi. Shu o‘rinda moliya iqtisodiy kategoriya sifatida ob'ektiv tarzda nazorat funksiyasini ham bajaradi va bu funksiyaning normal amal qilishi moliya munosabatlarining ahamiyatini yanada oshiradi. Barcha uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonlarini, xo‘jalik yuritishning barcha pog‘onalari, davlat boshqaruvining barcha darajalarini to‘laligicha qamrab oladigan moliyaviy nazorat universal vosita sifatida xizmat qiladi.
Yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va undan foydalanish kabi moliyaga xos bo‘lgan belgilarni nazorat etishda moliyaviy nazorat asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaning nazorat funksiyasi moliyaviy nazoratning asosi bo‘lib, mavjud ehtiyojlar va ularning moliyaviy resurslar bilan ta'minlanishini muvozanatga keltirib turuvchi asosiy mezon hisoblanadi. Bunda moliyaviy nazoratning asoslari qonuniy baza bilan ta'minlanishi, nazoratning amal qilishi uchun barcha shart-sharoitlarning yaratilishi va boshqa zaruriy tashkiliy elementlar davlat tomonidan belgilanadi va muvofiqlashtirilib boriladi. Bundan nodavlat moliyaviy nazorat mustasno, ammo ularning ham qonuniy asosi davlat tomonidan ishlab chiqiladi.
Moliyaviy nazorat tushunchasiga turli olimlar turlicha ta'rif berib kelmoqdalar. Ulardan eng maqbullari sifatida iqtisod fanlari doktori, professor A.Vahobov va T.Malikovlar ta'rifi bo‘lib, u “Moliyaviy nazorat davlat, korxona va tashkilotlarning barcha moliyaviy faoliyati ustidan turli darajadagi qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazorat hisoblanadi” deydi.
Shuningdek, iqtisodchilar V.Nuritdinova, M.Sharapovalar bergan ta'rifiga ko‘ra, “Moliyaviy nazorat boshqarish siklining shakli sifatida qabul qilinayotgan yoki qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va samaradorligini baholash, bu qarorlarning amalga oshirilish darajasini haqiqiy natijalarning o‘rnatilgan parametrlari va me'yoriy ko‘rsatmalardan og‘ish (farq qilish) darajasini aniqlash va salbiy holatlarni bartaraf etishga qaratiladigan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida boshqariluvchi ob'ekt faoliyatini kuzatish, solishtirish, tekshirish va tahlil qilish tizimidir”3. Bizning fikrimizcha moliyaviy nazorat bu pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazorat hisoblanadi. Moliyaviy nazorat barcha iqtisodiy jarayonlarda pul fondlarining shakllanishidan tortib, uni sarflanishigacha bo‘lgan kompleks jarayonni to‘laligicha qamrab oladi.
Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash bosqichida moliyaviy nazoratning vazifasi, jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirish maqsadida yaratilgan mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash va qayta taqsimlash maqsadida sarflangan mablag‘larning oqilona foydalanilganini tekshirishdan iborat. Mavjud mehnat vositalari va mehnat predmetlari zaxiralari me'yorlariga qayta tiklash qismida ishlab chiqarish munosabatlari, mehnatga to‘langan son va sifat bilan bog‘liq faoliyatga muvofiq to‘langan mablag‘ xarajat qilish, ijtimoiy jamg‘arish, iste'mol fondlarini yangilash, to‘ldirish, davlat budjetiga va boshqa markazlashgan fondlarga mablag‘larning o‘tkazilishini nazorat qilinadi. Ijtimoiy mahsulotni taqsimlash bosqichida moliyaviy nazorat predmetlari barcha bo‘g‘inlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Ijtimoiy mahsulotni ayirboshlash bosqichida, ya'ni bozor munosabatlari sharoitida tovarlar muomalasi, moliyaviy nazorat predmeti shartnomaviy munosabatlar (ta'minot shartnomalarini tovarlar savdosi, tayyorlab berish taqsimoti tartibi bo‘yicha bajarish), iqtisodiyotni moddiy texnik ta'minot manbalariga va aholining xalq iste'moli tovarlariga xaridorlik talabini bozor tovarlar bilan to‘yintirish orqali qondirishdir.
Shartnomaviy munosabatlar (ta'minot shartnomalarini tovarlar savdosi, tayyorlab berish taqsimoti tartibi bo‘yicha bajarish), iqtisodiyotni moddiy-texnik ta'minot mablag‘lariga va aholining xalq iste'moli tovarlariga xaridorlik talabini bozorni tovarlar bilan to‘yintirish orqali qondirishdir. Bunda tovar ayirboshlanishida ayirboshlash jarayonida natural va qiymat ko‘rsatkichlari tekshiriladi. Binobarin, ayirboshlash bosqichida iqtisodiyotni bozor tartibga solinishiga muvofiq tarzda ijtimoiy mahsulot muomalasining barcha shakllari nazorat qilinadi.
Moliyaviy nazorat takror ishlab chiqarishning yakuniy bosqichi bo‘lgan iste'mol bosqichida ishlab chiqarish fondlarini yangilash, uni kengaytirish va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq muomalalarni nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy nazorat shaxsiy iste'mol qismida jamiyat a'zolarining ehtiyojlarini qondirishda vujudga keladigan nomutanosibliklarni, iste'mol jarayonida normativ huquqiy hujjatlarga amal qilmaslik bo‘yicha yuzaga keladiganqarama qarshiliklarni aniqlaydi.
Moliyaviy nazorat qondirilmagan ehtiyojlar hajmini aniqlaydi va boshqaruv tuzilmasi orqali uni qondirishga ta'sir ko‘rsatadi. Qondirilmagan ehtiyojlar moliyaviy nazoratdan so‘ng takror ishlab chiqarishning navbatdagi davri uchun qaytadan yangilanadi. Bunda moliyaviy nazorat iste'mol talablarini qondirish, ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilishga bozorning ta'sirini baholab beruvchi vosita hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratning ob'ektini to‘laroq ma'noda takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlari va boshqaruv darajasini o‘z ichiga oluvchi murakkab tizimdir. Shuningdek, tor ma'noda moliyaviy nazoratning ob'ekt sifatida davlat budjetni ham ko‘rish mumkin.
Birinchi holatda moliyaviy nazoratning predmeti ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni bosqichlari: ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiyot sub'ektlarining moliyasi hisoblanadi. Ikkinchi keltirilgan holatimizda davlat budjeti va konsolidatsiyalashgan budjetni shakllantirish, taqsimlash, qayta taqsimlash va undan foydalanish bosqichlari moliyaviy nazoratning predmetidir.
Moliyaviy nazorat qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarining samaradorligi va asoslanganligini baholash, realizatsiya qilingan boshqaruv qarorlarining haqiqatda erishilgan darajasi va belgilangan normativlardan og‘ish darajasini aniqlash, faoliyat davomida yuzaga kelgan salbiy holatlarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladigan tahliliy amallar yig‘indisidir. Tekshirilayotgan ob'ektda mavjud bo‘lgan haqiqiy holatni ob'ektiv o‘rganish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olish moliyaviy nazoratning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shuningdek moliyaviy nazoratning quyidagi maqsadlarini ham ta'kidlab o‘tish maqsadga muvofiq:
-yuridik va jismoniy shaxslarning davlat va mahalliy hokimiyat oldiga moliyaviy majburiyatlarning bajarilish darajasini tekshirish - bunda belgilangan soliqlar, soliqqa tenglashtirilgan to‘lovlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanilishiga asosiy e'tibor qaratiladi;
-davlat, mahalliy hokimiyat organlari, korxonalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning ixtiyoridagi mablag‘laridan samarali va maqsadga muvofiq foydalanilayotganini tekshirish - moliyaviy resurslarning manzilli foydalanilishini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi;
-davlat, mahalliy hokimiyat organlari, korxona va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan belgilangan normativ huquqiy hujjatlarga amal qilinayotganini tekshirish - bunda asosiy e'tibor moliya intizomi masalasiga qaratiladi. Moliya intizomi deganda davlat, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar va jismoniy shaxslar tomonidan takror ishlab chiqarish jarayonida moliyaviy resurslardan belgilangan tartib va ko‘rsatmalarga muvofiq foydalanilishi tushuniladi;
-moliyaviy intizom buzilganligi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish;
-ishlab chiqarishning ichki zaxiralarini aniqlash va ulardan foydalanishni samarali tashkil etish - moliyaviy resurslarni ko‘paytirish va ichki imkoniyatlarni qidirib topishga qaratiladi;
-to‘lovlar aylanmasini normallashitirish, debitorlik-kreditorlik qarzlari bo‘yicha yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni bartaraf etish va boshqa vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy nazorat belgilab olingan maqsadlariga muvofiq asosiy vazifalari ham mavjud, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Davlat budjeti va konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari shakllanishi va undan foydalanishni nazorat qilish;

  • Davlat, mahalliy hokimiyat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy resurslaridan maqsadli foydalanilishi, ularga tegishli bo‘lgan mulkdan qonuniy va samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;

  • xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, xo‘jalik muomalalarining buxgalteriya hujjatlarida to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish va nazorat qilish;

  • soliq va soliqqa tortish, bojxona, valyuta va bank faoliyatida amaldagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish.

Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat turi hisoblanadi hamda takror ishlab chiqarishning barcha jarayonlarini qamrab oladi va pul fondlarining harakati esa moliyaviy nazoratning ob'ekti hisoblanadi.
Uni qonuniy va boshqa belgilangan me'yor talablarida amalga oshirilganini ob'ektiv baholaydi. Agar pul fondlari harakatini umumiy ob'ekt sifatida qaraydigan bo‘lsak quyidagi ko‘rsatkichlar ham moliyaviy nazoratda alohida o‘rganib chiqiladigan ob'ektlardir. Turli darajadagi budjet daromadlari va xarajatlari-davlat moliyaviy nazoratida o‘rganiladigan eng muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, natijaviylikka qaratilgan budjet ijrosi va nazoratida alohida ko‘rib o‘tiladigan masalalardan biri. Soliq to‘lovlarining hajmi-davlat moliyaviy nazoratining tarkibiy qismi bo‘lgan soliq nazoratining ob'ekti hisoblanadi va nazorat davomida bu ko‘rsatkichlar uzluksiz tahlil etib boriladi. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning daromadlari va xarajatlari-asosan mustaqil auditorlik va ichki audit moliyaviy nazoratida o‘rganiladigan ob'ekt hisoblanadi, mustaqil moliyaviy nazoratda alohida e'tibor beriladigan masalalardan biri. Tannarxni kamaytirish va foydani oshirish masalalari ham mustaqil moliyaviy nazoratning ob'ektlari hisoblanadi. Shuningdek, moliyaviy nazoratning ob'ektlari olib borilayotgan sohasiga muvofiq turlicha bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy nazorat ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan, asoslangan va amaliyotda o‘z yechimini topgan, ulardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lgan tamoyillariga ega. Jahon miqyosida qabul qilingan moliyaviy nazoratning quyidagi asosiy tamoyillari mavjud :
-mustaqillik - moliyaviy nazorat organining moliyaviy jihatdan mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlari vakolat muddatlari parlament muddatlaridan uzoqligi, ularning faoliyatlari konstitutsiya tomonidan ta'minlanishini belgilab beradi;
-ob'ektivlik - samarali nazorat qilinishini ta'minlovchi asosiy shart bo‘lib, bu shart asosida tekshirilayotgan holat yoki ob'ekt to‘g‘risida xolisona baho berish va to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkoniyat yaratadi;
-oshkoralik - moliyaviy nazoratni olib boruvchi organ, tashkilotning faoliyati omma uchun oshkor etilishi va uzluksiz ravishda ochiq e'lon qilib borilishini talab etadi;
-kompetentlik - nazorat qiluvchining yuqori kasbiy darajada bo‘lishini ta'minlaydi.
Yuqoridagi xalqaro qabul qilingan tamoyillardan kelib chiqib, quyidagi nazorat prinsiplariga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq:
-natijaviylik - o‘tkaziladigan moliyaviy nazorat natijaviylikka qaratilgan bo‘lishi lozim;
-bajariladigan talablarning aniqligi va mantiqiy asoslanganligi - nazorat asoslangan holda mantiqqa muvofiq bo‘lishi talab etiladi;
-nazorat o‘tkazuvchimng shaxsiy dahlsizligi - nazoratni o‘tkazuvchi inspektor, nazoratchi, auditor va boshqa nazoratni olib boruvchi shaxslar shaxsiy dahlsizligi ta'minlanishi kerak.
Moliyaviy nazorat o‘zining maqsad va vazifalariga ega bo‘lgan va ahamiyati oshib borayotgan soha, ayniqsa korxonalarda nodavlat nazorati o‘rnining uzluksiz ravishda oshib borishi moliyaviy nazorat tizimining o‘rni yanada mustahkamlanishiga katta hissa qo‘shmoqda. Shunday qilib, moliyaviy nazorat iqtisodiyot sub'ektlari faoliyatida ularning samarali faoliyat olib borishlarida eng zarur mexanizmlardan biri ekanligini anglab olish qiyin emas.
2.MOLIYAVIYNAZORATNING TURLARISHAKLLARI VA
USULLARI
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti uzluksiz yangilanib borayotgani mavjud faoliyat turlarini modernizatsiya qilishni talab etadi. Moliyaviy nazoratning ham bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq shakllari va usullarini takomillashitirilishi zamon talabiga aylandi, shu sababli moliyaviy nazoratning ham yangicha ko‘rinishga kehirildi. Sobiq tuzumda moliyaviy nazoratning vazifasi faqat jazo choralarini qo‘llash, aybdorlarni javobgarlikka tortishga qaratilgan bo‘lsa, hozirda uning natijaviylikka qaratilgani, ichki imkoniyatlarni qidirib topishga mo‘ljallanganligini ta'kidlash mumkin.
Ko‘p qirrali hisoblanuvchi moliyaviy nazorat o‘z navbatida turli belgilarga ko‘ra tasniflanadi. Nazorat turlarini tasniflash uni ma'lum jihatdan guruhlashtirish nazoratni olib borish yo‘nalishlari, sub'ektlari, ob'ektlari va boshqa guruhlarga ko‘ra farqlanadi. Moliyaviy nazorat jahon amaliyotida ham milliy amaliyotda ham amal qilish sohasiga ko‘ra davlat va davlatdan tashqari moliyaviy nazoratga bo‘linadi. Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularning to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishi va ulardan manzilli foydalanilayotganini tekshirish sohasi hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga mablag‘larning kelib tushishini maksimallashtirish va boshqaruv bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliyaviy jihatdan barqarorligini ta'minlash va moliya siyosatini amalga oshirishga qaratilgan. Davlat moliyaviy nazorati Davlat budjeti, maqsadli jamg‘armalarning shakllantirilishidan tortib, moliyaviy tashkilotlarning moliyaviy faoliyati va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyatida davlat oldidagi majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishigacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi.
Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, davlat moliyaviy nazoratining xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarini nazorat qilishda ma'lum darajada chegaralangan, ya'ni bunday nazoratda faqat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ham qo‘shib
olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlari qay tarzda bajarilayotgani, ularga ajratilayotgan budjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlikni va qonuniylikka rioya qilinishi, shuningdek, hukumat tomonidan belgilangan buxgalteriya hisobining tashkil etilgani, to‘g‘ri yuritilayotgani va hisobot yuritish qoidalariga amal qilinayotganini nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.
Davlat moliyaviy nazorati ham bir necha guruhlarga muvofiq tasniflanadi5 :

  1. Nazoratni amalga oshiruvchi organning bog‘liqligiga ko‘ra:

-tashqi davlat nazorati;
-ichki davlat nazorati.

  1. Budjetning tegishli darajasiga ko‘ra:

-respublika budjeti nazorati
-mahalliy budjetlar nazorati.
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolatlari doirasida quyidagi nazorat turlarini amalga oshiradilar6:

  • kompleks nazorat - aniq davr bo‘yicha hamma masalalar bo‘yicha nazorat ob'ektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;

  • tematik nazorat - aniq davr bo‘yicha ayrim masalalar bo‘yicha nazorat ob'ektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;

  • muqobil nazorat - uchinchi shaxs nazorati, tekshirilayotgan savol doirasida asosiy nazorat ob'ekti bilan bog‘liq faqat o‘zaro munosabatlar savollari qarab chiqiladi;

  • qo‘shma nazorat - davlat moliyaviy nazorati organlari boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda o‘tkazadigan nazorat.

Bozor iqtisodiyoti rivojlana borgan sari nodavlat moliyaviy nazoratning ahamiyati oshib boradi. Nodavlat moliyaviy nazorat xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati davlatga tegishli bo‘lmagan tashkilotlar, ichki nazorat tizimi va boshqalar tomonidan amalga oshiriladigan nazorat hisoblanadi. Bunday nazoratning bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasiga ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Nodavlat moliyaviy nazoratning ichki korporativ nazorat, tijorat banklari tomonidan mijoz- tashkilotlar ustidan nazorat va auditorlik nazorati kabi turlari mavjud. Ichki firmaviy moliyaviy nazorat korxona muassasa, firma, korporatsiyalarning o‘zining iqtisodiy xizmatlari masalan, buxgalteriya, moliya bo‘limi, moliyaviy menejment xizmatlari va boshqalar tomonidan o‘z korxonasi, filiallari va sho‘ba korxonalari ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ichki nazorat xizmatlari doimiy ravishda pul mablag‘lari (o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lar va jalb etilgan mablag‘lar) ishlatilishidagi samaradorlik va maqsadga muvofiqligini kuzatadi, rejalashitirlgan moliyaviy natijalar bilan haqiqiy moliyaviy natijalarni qiyoslab tahlil qiladi, investitsion loyihalar natijalarga moliyaviy baho beradi, korxonaning moliyaviy holatini nazorat qiladi.
Moliyaviy nazoratni sub'ektlariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin

  • umumdavlat moliyaviy nazorat;

  • idoraviy moliyaviy nazorat;

  • xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazorat;

  • jamoatchilik moliyaviy nazorati;

  • mustaqil moliyaviy nazorat.

Umumdavlat moliyaviy nazorat davlat hokimiyati organlari (Prezident, hukumat, Oliy Majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladigan nazorat turi. Bunday nazoratning asosiy maqsadi davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda davlat budjetiga tushumlarning kelib tushishi va undan maqsadli
foydalanilayotganini tekshirishdan iborat bo‘ladi.
Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo‘ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. Idoraviy moliyaviy nazorat davlat moliyaviy nazorati vazifalarini tarmoqlar
doirasida aniqlashtiradi va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi
Xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o‘tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning ob'ekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi. Xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazoratga ichki audit xizmati bo‘limining nazoratini misol sifatida keltirish mumkin.
Jamoatchilik moliyaviy nazorati davlatdan tashqari tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat ob'ekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi.
Mustaqil moliyaviy nazorat auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat bo‘lib, uning asosiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan buxgalteriya hisob va hisobotining to‘g‘ri yuritilayotganligini aniqlash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini tekshirishdan iborat bo‘ladi.
Moliyaviy nazorat shakllari quyidagi mezonlarga muvofiq tasniflanadi:

  • amalga oshirilish reglamentiga ko‘ra;

  • o‘tkazilish vaqtiga ko‘ra;

  • nazoratning sub'ektlariga ko‘ra;

  • nazoratning ob'ektlariga ko‘ra.

Amalga oshirish reglamentiga ko‘ra moliyaviy nazorat shakllariquyidagilardan iborat bo‘ladi:
-majburiy (tashqi);
-tashabbusli (ichki).
O‘tkazilish vaqtiga ko‘ra moliyaviy nazorat quyidagicha tasniflanadi:

  • dastlabki nazorat - moliyaviy operatsiyalarning sodir bo‘lishidan oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklarning oldini olish yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega.

  • joriy nazorat - moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilayotgan vaqtda amalga oshirilib mablag‘lar olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklarni ogohlantiradi, moliyaviy intizom mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblari o‘z vaqtida amalga oshirilishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi.

• So‘nggi moliyaviy nazorat-moliyaviy hisobot va buxgalteriya hujjatlarini tahlil qilish va taftish o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilib, iqtisodiy sub'ektlar moliyaviy faoliyatining natijalarini, belgilangan moliyaviy strategiya amalga oshirilganligini tekshiradi.
Nazorat sub'ektlariga ko‘ra moliyaviy nazoratning quyidagi shakllarimavj ud9:
-Prezident moliyaviy nazorati;
-qonunchilik organlari, hukumat va mahalliy o‘zini o‘zi
boshqarishidoralarining moliyaviy nazorat;
-ijroiya hokimiyati organlari moliyaviy nazorati;
-moliya-kredit muassasalarining moliyaviy nazorati;
-firmaviy-ichki moliyaviy nazorati;
-auditorlik moliyaviy nazorati;
-boshqalar.
Nazorat ob'ektlariga muvofiq moliyaviy nazoratning quyidagi
shakllari mavjud:
-budjet moliyaviy nazorati;
-davlat budjetdan tashqari jamg‘armalari ustidan moliyaviy nazorat;
-soliqlar bo‘yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
-valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; -kredit operatsiyalari bo‘yicha moliyaviy nazorat;
-sug‘urta faoliyati bo‘yicha moliyaviy nazorat;
-investitsion faoliyat bo‘yicha moliyaviy nazorat;
-pul massasi ustidan moliyaviy nazorat;
-boshqalar.
Moliyaviy nazoratni turlari va shakllari bo‘yicha tasniflanishi bilan birgalikda ularning usullarini o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida quyidagi nazorat usullaridan foydalaniladi:
Tekshirish


Tadqiq etish
Moliyaviyholat
tahlili

Nadzor

Kuzatish




(nazorat)

(monitoring)
















Taftish


Download 90.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling