Mavzu: O‘zbekistonda moliyaviy nazoratning rivojlanishining asosiy bosqichlari va uning xususiyatlari Reja
Respublikaning eng yirik aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan to‘langan foydava boshqa soliqlar, 2020-2022 yill
Download 90.84 Kb.
|
feraaaaaaaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompaniyalar nomi
- Foydadan boshqa soliqlar, ming so‘m
- Respublikaning eng yirik korxonalari tomonidan soliqlarni kechiktirib to‘laganliklari uchun undirilgan jarimalar miqdori, 2020-2022-yillar ma’lumotlari
- KORXONALAR MOLIYASININAZORAT QILISHDA ICHKIAUDITORLIK NAZORA TINING ORNI .
Respublikaning eng yirik aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan to‘langan
foydava boshqa soliqlar, 2020-2022 yill
Jadval ma'lumotlarida respublikaning eng yirik aksiyadorlik jamiyatlari to‘lagan soliqlar dinamikasi keltirilgan. Unga ko‘ra, soliqlar darajasida o‘rtacha 4- 9% atrofida o‘sgan. Keltirilgan korxonalardan Uzkabel, Alian expo va Biomeva aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlar darajasi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Uzkabel aksiyadorlik jamiyatida soliqlar o‘rtacha yiliga 4%dan o‘sib borgan. Eng yirik o‘sish Alian expo korxonasida kuzatilgan. Eng yirik foyda va boshqa soliqlar to‘lovchisi bo‘lishi bilan birgalikda eng yirik o‘sish darajasi ham shu korxonada kuzatilgan, ya'ni yillik o‘sish darajasi 16%ga teng bo‘lgan. Biomeva aksiyadorlik jamiyatida ham soliqlar miqdorida o‘sish tendensiyasi kuzatilgan. Korxonada yillik o‘rtacha o‘sish darajasi 7%ni tashkil etgan. O‘z Meva Export va O‘zmetkombinat aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlar darajasida pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Bunday pasayishning sababi soliq to‘lagunga qadar foydaning kamayishi yoki imtiyozlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Respublikaning eng yirik korxonalari tomonidan soliqlarni kechiktirib to‘laganliklari uchun undirilgan jarimalar miqdori, 2020-2022-yillar ma’lumotlari
Jadval ma'lumotlariga ko‘ra, yuqorida keltirib o‘tilgan korxonalardan Alian expo va O‘z Meva Export aksiyadorlik jamiyatlariga soliqlarni kechiktirib to‘laganliklari uchun moliyaviy jazolar qo‘llanilgan. Unga ko‘ra eng yuqori miqdordagi jarimalarni Alian expo aksiyadorlik jamiyati to‘lab bergan. Jarimalar 2022 yilda hisoblanmagan mavjud qarz miqdori ham 2021 yilda to‘lab berilgan. O‘z Meva Export aksiyadorlik jamiyatiga soliqlarni kechiktirib to‘laganlik qo‘llanilgan uchun jarimalar 2022 yilda 11 577,0 ming so‘mga teng bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Hisobot yili yakunida qo‘llanilgn jarimalar summasi 2021 yilga nisbatan 3,5 baravar oshgan. Soliq tekshiruvlarini amalga oshirish jarayonida ma'lum soha mutaxassisi ekspertlar xizmatidan ham foydalaniladi. Ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror soliq organi rahbari tomonidan tekshirilayotgan korxona mansabdor shaxslari murojaati bilan qabul qilinadi. Qarorda ekpertiza o‘tkazish uchun asos, ekspertning ism, familiyasi, ekspertiza o‘tkazayotgan tashkilot nomi, ekspertizaga qo‘yilgan masalalar, ekspert ixtiyoriga berilgan ashyolar ko‘rsatiladi. Ekspert o‘zi o‘tkazgan ekspertiza natijalari bo‘yicha yozma xulosa taqdim etadi. Soliq tekshiruvlari bo‘yicha hujjatlami rasmiylashtirish uchun soliq xizmati mansabdor shaxslari tomonidan tekshiruv dalolatnomalarini tuziladi. Soliq tekshiruvlari dalolatnomalarida quyidagilar aks etishi lozim24: -soliq tekshirish o‘tkazilgan joy va dalolatnoma tuzilgan sana; -soliq tekshiruvlarini o‘tkazish uchun asos; -tekshirish turi va muddati; -soliq tekshiruvini o‘tkazgan soliq xizmati organi mansabdor shaxs F.I.SH; -soliq tekshiruvi o‘tkazilgan korxona to‘liq nomi; -soliq to‘lovchining joylashgan joyi, bank rekvizitlari, identifikatsiya raqami; -rahbarlik, buxgalteriya va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar F.I.SH; -avvalgi soliq tekshiruvlarida aniqlangan huquqbuzarliklar va ularga nisbatanjazo choralari; -tekshirish muddati va soliq tekshiruvchilarga taqdim etilgan hujjatlar; -sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida soliq qonunchiligining tegishli me'yorlariga asoslanilgan holda to‘liq tushuntirish berish; -soliq teshirish natijalari, barcha aniqlangan xatolar, soliqlar va boshqamajburiy to‘lovlar bo‘yicha ortiqcha hisoblangan holatlar. KORXONALAR MOLIYASININAZORAT QILISHDA ICHKIAUDITORLIK NAZORA TINING O'RNI. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyati murakkab operatsiyalar va jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Korxonalar faoliyatida sodir bo‘layotgan barcha o‘zgarishlami doimiy ravishda kuzatib borish va nazoratni ta'minlash ancha murakkab kechadi. Ushbu muammolar ichki nazoratni, jumladan ichki audit xizmatini tashkil etish orqali hal etiladi. “Ichki audit-korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo‘linmalari tomonidan qonun hujjatlariga, ta'sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo‘li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma'lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to‘liqliligi va ishonchliligini ta'minlash xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari, aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish tamoyillari joriy etilishi bo‘yicha korxona tarkibiy bo‘linmasining faoliyati”28. Ichki auditning asosiy maqsadi korxonada to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash, korxona xodimlarining o‘z vazifalarini to‘liq bajarilishiga yaqindan yordam berishdan iborat. Ichki auditning bir qator belgilangan vazifalari mavjud bo‘lib,ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: -kuzatuv kengashni ishonchli axborot bilan ta'minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha korxona faoliyatini takomillashitirishga doir takliflarni tayyorlash; -ichki audit jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidankorxona boshqaruv organlariga tafsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish; -korxonadada ichki tartib qoidalarga to‘liq rioya qilinishini tekshirish; -korxona, firma siyosatiga amal qilish va tijorat sirini saqlashga qaratilgan chora tadbirlar bajarilishini tekshirish; -korxona samaradorlik ko‘rsatkichlarining haqqoniyligini aniqlash; -buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘riligini tekshirish; -korxonaning joriy va istiqbolli rejasini tuzishda yaqindan yordam berish; -korxona faoliyatiga oid jarayonlar bo‘yicha maslahatlar berishdan iborat. Korxonada ichki auditorlarga belgilangan talablar qo‘yilgan. Ular o‘z navbatida, auditorlarning malaka sertifikatiga ega bo‘lishlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida yoki O‘zbekiston Respublikasi ta'limiga tengligi e'tirof etilgan xorijiy davlat ta'lim muassasalarida olingan oliy ma'lumotga, ohirgi 10 yilning kamida 2 yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga ega bo‘lishlari kerak. Download 90.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling